Partiyaning yangi logotipi parallelogramm şaklida bölib, binafşa va oq rangda aks ettirilgan, markazida “XDP” degan yozuv tuşirilgan.

XDP markaziy kengaşi raisi Uluğbek Inoyatov partiyaning yangi ramziga qisqaça ta'rif berdi.

“Ramzdagi binafşa rang – mehr-oqibat, saxovatlilik ramzi bölib, yetakçilar, liderlar rangi hisoblanadi. Uşbu rang partiya öz elektorati vakillari manfaatini himoya qilişga, ularning orzu-intilişlarini röyobga çiqarişga va qöllab-quvvatlaşga doimo tayyor ekanligiga işoradir.

Oq rang tinçlik-xotirjamlik, ijtimoiy birdamlik va barqarorlik kabi azaliy va ezgu ğoyalarni ifodalaydi”, – dedi partiya raisi.

Eslatib ötamiz, XDPning IV plenumida partiya nomidan prezidentlik saylovida Maqsuda Vorisova nomzodi ilgari surilişi ma'lum qilingan.