Riçard Brenson va Jyeff Bezos. Jahon ommaviy axborot vositalarining sönggi kunlardagi eng trendga çiqqan xabarlaridan biri ayni şu milliarderlar nomi bilan boğliq böldi. Ularning yaqin kosmosga çiqqani, bunda xususiy kompaniyalar tomonidan işlab çiqilgan raketalardan foydalanilgani alohida e'tirof etildi.

«Bojxona nazorat postida dron olib ötayotgan fuqaro uşlandi». Bu esa Özbekiston OAVda bot-bot uçrab turadigan xabarlarning umumiy sarlavhasi. Xabarlarda, dronlarning noqonuniy olib ötilayotgani qayd etiladi.

Soddagina qilib «dron» deb ataluvçi uçuvçisiz uçar moslamalar dunyoda allaqaçon oddiy maişiy texnika darajasidagi matohga aylanib ulgurdi. Dronlarning mukammalroq variantlari esa iqtisodiyotning turli sohalari, xususan, qişloq xöjaligi, yer maydonlari nazorati, kartografiya va boşqa köplab yönalişlarda keng qöllab kelinmoqda. Hatto, bir neça davlatlarning harbiy qurol-aslahalar arsenalidan ham joy olişga ulgurdi.

Özbekistonda esa dronlardan foydalaniş – jinoyat. Jazosining oğirligi 10 yillik qamoqqaça borişi mumkin. Albatta, ayrim istisnolar yöq emas, biroq umuman olganda, aholiga drondan foydalanişga ruxsat yöq.

Vaholanki, insoniyat ilm-fan va texnologiya rivojining yana bir mahsulini turli sohalar rivoji uçun qöllaşi quvonarli. Aslida şunday bölişi ham kerak...

Dronlar va xorij tajribasi

Dunyoning 143ta mamlakatida dronlardan foydalaniş qoidalari qonunçilik darajasida tartibga solingan. Ta'kidlaş örinliki, qoidalar köproq qurilmalarni olib kirişni taqiqlaş emas, balki ulardan foydalanişga doir jihatlarni öz içiga oladi.

Dronlar parvoziga nisbatan eng mö'tadil munosabat Yevropada desak adaşmaymiz: Yevropa mamlakatlarining 27 foizida uçuvçisiz uçar moslamalarni uçiriş çeklanmagan.

Şimoliy Amerika va Şarqiy Osiyo mamlakatlari qonunçiligida ham dronlarga nisbatan munosabat ança mö'tadil. Buning aksi ölaroq, Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo davlatlarida holat ança farq qiladi: bu ikki mintaqa mamlakatlarining 21 foizi, jumladan, Eron, Iroq va Kuvaytda uçuvçisiz uçar moslamalardan foydalaniş butunlay taqiqlangan. Şuningdek, dronlar töğrisidagi qonun işlab çiqilgan Afrika mamlakatlarining 21 foizida ham bu moslamalar parvozi man etilgan.