“Bu haftada bir qator tadbirlar kun tartibiga kiritilgan. Bugun [9 avgust kuni] neft va gaz sohalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Shuningdek, hafta mobaynida Toshkent viloyatida ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash hamda yo‘l bo‘ylarida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha taqdimotlar rejalashtirilgan.
Tokio Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashuv o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqotiga ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda”, – dedi Sherzod Asadov OAV vakillari bilan o‘tkazilgan maxsus brifingda.
Prezident olimpiada g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilmoqda – Sherzod Asadov
16:26 / 09.08.20217 9701 min
Davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning joriy haftadagi rejalari bo‘yicha ma'lumotlar berdi.









