«Qörqinçli film»
Gretsiyada bir neça kundan buyon kuçli örmon yonğinlari davom etmoqda. Bu anomal issiq fonida röy berdi - ayrim regionlarda havo harorati Tselsiy böyiça 47 darajagaça kötarilgan.

Gretsiyalik öt öçiruvçilar mamlakat şimolidagi, turistlar orasida maşhur bölgan Evbeya orolida Elida va Attika regionlari, Kamatriades va Galatsades qişloqlariga yopirilgan olov bilan kuraşmoqda. Evbeya - Egey dengizi hududida, Afinadan şimoli-şarqda joylaşgan, mamlakatning Kritdan keyingi eng yirik ikkinçi orolidir.

Gretsiya öt öçiriş xizmati vakili ANA axborot agentligiga bergan intervyusida agar olov qalin örmonlargaça yetib borsa, uni töxtatib qoliş imkonsiz işga aylanişini aytib ötgan.

Dam oliş kunlarida Evbeydan mahalliy aholi vakillari va turistlardan iborat ikki mingdan ortiq kişi mamlakatning materikdagi qismiga köçirilgan. Orolni quyuq tutun çulğab olgan, u yerda yuzlab uylar yonmoqda va elektr ta'minoti tizimi jabr körgan.

Hukumat butun mamlakat böylab örmon hududiga kirişga taqiq örnatgan, bu taqiqni buzganlar 1000 yevro miqdorida jarimaga tortiladi. Avgust oyi boşidan buyon Gretsiyada jami 150dan ortiq faol yonğin öçoqlari qayd etilgan. Bir neça kişi qasddan öt yoqişda gumonlanib qölga olingan.

Yevropa örmon yonğinlari haqida ma'lumot tizimiga köra, 29 iyuldan 7 avgustga qadar Gretsiyada olov 56655 gektar maydonni qamragan. 2008 yildan 2020 yilgaça bölgan davrda bu körsatkiçning örtaça miqdori 1700 gektarni taşkil etardi.

Avgustning birinçi haftasida Gretsiyada 56 ming gektardan ortiq örmon yonib ketdi / Angelos Tzortzinis / AFP / Scanpix / LETA

Gretsiyada yonğinlar oqibatida kamida ikki kişining ölimi tasdiqlangan, önlab kişilar jarohatlangan. Turkiyada esa sakkiz qurbon va önlab kişilar şifoxonaga yotqizilgan.

Gretsiya, unga qöşni bölgan Turkiya, Albaniya, Bolgariya va Şimoliy Makedoniyadagi yonğinlar ikki haftadan buyon davom etmoqda. Yonğinlar Gretsiyaning materikdagi qismiga ham yopirilmoqda, ammo eng apokaliptik manzaralar Evbeyda kuzatilmoqda.

«Bu qörqinçli filmlarni eslatadi», deya hikoya qiladi Reuters agentligi korrespondentiga parom orqali evakuatsiya qilingan, özini Mina deb taniştirgan homilador ayol.