Shifokorlar avvalboshda homiladorlik paytidagi koronavirusga qarshi emlash masalasiga nisbatan ehtiyotkorroq tarzda yondashib, vaksina olmay turishni tavsiya qilishgandi.

Ammo hozirda xavfsizlik bo‘yicha juda ko‘p ma'lumotlar qo‘lga kiritilgani sababli bu borada berilgan maslahat o‘zgardi. Endilikda vaksina homilador ayollarga faol targ‘ib qilinmoqda. Chunki koronavirusni yuqtirib olish homiladorlikni xavf ostiga qo‘yishi mumkin.

BBC nashri homiladorlik va koronavirusga qarshi emlashlar haqidagi asossiz da'volar va ularning nima uchun yolg‘on ekanligi haqidagi dalillarni ko‘rib chiqdi.

«Vaksina tuxumdonlarda to‘planadi» – yolg‘on!

Bu nazariya Yaponiyada o‘tkazilgan bir tadqiqotni noto‘g‘ri talqin qilish tufayli kelib chiqqan.

Ushbu tadqiqotda sichqonlarga odamlarga qaraganda ancha yuqori emlash dozasi yuboriladi (1 ming 333 marta ko‘p).

In'yeksiyadan 48 soat o‘tgach, sichqonlarning tuxumdonida umumiy dozaning atigi 0,1 foizi kuzatiladi.

Umumiy miqdorning 53 foizi bir soatdan keyin, 25 foizi esa 48 soatdan keyin inʼeksiya joyida aniqlanadi (Odamlarning qo‘lida).

Vaksina to‘plangan navbatdagi joy esa qondagi chiqindilarni tozalashga yordam beruvchi organ – jigardir. 48 soatdan keyin umumiy vaksina miqdorining 16 foizi jigarda paydo bo‘lgani kuzatiladi.

Yuqoridagi yanglish iddaoni qo‘llab-quvvatlaydiganlar esa tuxumdonlarda topilgan yog‘ miqdori haqida gapirishadi.

Emlashdan 48 soat o‘tgach, tuxumdonlarda yog‘ miqdori oshgan, chunki vaksina tarkibi inʼeksiya joyidan tana bo‘ylab ko‘chgan.

Ammo eng muhimi, tuxumdonlardan topilgan bu miqdor virusning genetik materialini o‘z ichiga olganiga oid hech qanday dalil yo‘q.

Noto‘g‘ri iddaoni ilgari surganlar garchi tadqiqot bilan bog‘liq ma'lumotlar internetda ochiq bo‘lsa ham, u «sizdirilgan» deb da'vo qilishdi.

«Kuzatuv ma'lumotlari shuni ko‘rsatadiki, vaksinalar homilaning tushishiga olib keladi» – yolg‘on!