Ma'lum qilinişiça, 23 iyul kuni Qaşqadaryo viloyati hokimligida tanqidiy yiğiliş ötkazilgan. Yiğilişda Özbekiston Respublikasi prezidenti sayloviga tayyorgarlik köriş işlari böyiça yöl qöyilgan xato va kamçiliklar ham muhokama qilingan. Muhokama jarayonida Qarşi tumanida işlar qoniqarsiz olib borilgani aytilgan.

Qayd etilişiça, joriy yil 12 avgust kuni yiğiliş yakunlari böyiça Qaşqadaryo viloyati hokimining “Intizomiy javobgarlikka tortiş töğrisida”gi qarori qabul qilingan. Unga köra, qator kamçiliklarga yöl qöygani uçun Qarşi tumani hokimi Maqsuda Mustafoyevaga nisbatan Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegişli moddasiga asosan «Hayfsan» intizomiy jazosi qöllanilgan.

Qarorda yozilişiça, joriy yilning birinçi yarmida ötgan yilning şu davriga nisbatan Qarşi tumanida aholidan kelib tuşgan murojaatlar soni 67 foizga köpaygan. Tumandagi 18 ta saylov uçastkasi mutlaqo talabga javob bermasligi ma'lum qilingan. Bundan taşqari, Qarşi tumani hokimi Maqsuda Mustafoyeva va boşqa sektorlar rahbarlari oğir hududlarga umuman bormagan, ulardagi muammolar bilan qiziqmagan.

Eslatib ötamiz, Zoyir Mirzayevning 7 avgustdagi qarori bilan qöl ostidagi xodimni haqorat qilgan viloyat moliya boşqarmasi rahbari Fayzulla Yusupov ham hayfsan olgandi.