Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanidagi bolalar boğçasida 150 nafar bola ovqatdan zaharlangani, 1 nafar bola vafot etgani haqida ma'lumotlar tarqaldi. Maktabgaça ta'lim vazirligi axborot xizmati bu borada rasmiy axborot berdi.

Qayd etilişiça, vazirlik hamda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati Oqqörğon tumanidagi 5-sonli davlat maktabgaça ta'lim taşkilotining 25 nafar tarbiyalanuvçilari kasallaniş holatini örganib çiqqan.

2 avgustdan 11 avgustgaça intoksikatsiya sindromining klinik körinişlari bölgan tarbiyalanuvçilar Toşkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi, Toşkent 1-şahar yuqumli kasalliklar klinik şifoxonasi, Toşkent viloyati bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi va Oqqörğon tumani yuqumli kasalliklar şifoxonasiga joylaştirilgan.

12 avgust holatiga köra, 6 nafar tarbiyalanuvçi oğir holatda jonlantiriş bölimida davolanmoqda, şundan 1 nafar tarbiyalanuvçi öpkaning sun'iy nafas beriş moslamasiga ulangan bölib, holati öta oğir holatda qolmoqda. Qolgan 19 nafar tarbiyalanuvçilar holati örtaça oğir deb baholangan. Kasalxonaga yotqizilgan tarbiyalanuvçilardan bakteriologik tekşiruv ötkaziş uçun tahlillar olingan va laboratoriyaga yuborilgan.

Epidemiologiyaga qarşi tadbirlarni muvofiqlaştiriş va mahalliy mutaxassislarga uslubiy yordam körsatiş uçun Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan yuqumli kasalliklar böyiça mutaxassislar va epidemiologlar guruhi yuborilgan. 

“Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan konsilium ötkazilib, kasalxonaga yotqizilgan tarbiyalanuvçilarga klinik körinişlariga köra «Botulizm-?» taşxisiga gumon qilingan. Yakuniy taşxis epidemiologik tekşiruv natijalari hamda bakteriologik tadqiqot ma'lumotlariga asoslanib qöyiladi. Davolaniş davomida 21 nafar tarbiyalanuvçilarning salomatligi holatida ijobiy özgarişlar kuzatilmoqda”, deyiladi ma'lumotda.

Oqqörğon tumanidagi 5-sonli davlat maktabgaça ta'lim taşkiloti 5 guruhga möljallangan. Maktabgaça ta'lim taşkilotida 136 nafar tarbiyalanuvçilar röyxatga olingan bölib, maktabgaça ta'lim taşkilotida markazlaştirilgan suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi, alohida mahalliy isitiş tizimi, tabiiy gaz örnatilgan.