Maktabgaça ta'lim vazirligi, joriy yilning 13 avgust holatida Toşkent viloyati Oqqörğon tumanidagi 5-sonli davlat maktabgaça ta'lim taşkilotining jami 30 nafar tarbiyalanuvçisida intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalariga yotqizilganini ma'lum qildi.
12 avgust holatida jami 25 nafar tarbiyalanuvçi tibbiyot muassasalarida davolanayotgani haqida xabar berilgan edi, 13 avgustda yana 5 nafar tarbiyalanuvçida kasallikning klinik belgilari kuzatilgani uçun tibbiyot muassasalariga yotqizildi.
Ulardan joriy yilning 13 avgust 16:00 soat holatiga:
- 9 nafar tarbiyalanuvçilarga tor doiradagi mutaxassislar körigidan söng qoniqarli ahvolda yaşaş joyi böyiça tibbiy nazoratga olinib, uylariga ruxsat berildi;
- tibbiyot muassasalarida jami 21 nafar tarbiyalanuvçi davolanmoqda, jumladan 1 nafarining holati öta oğir, 1 nafari oğir, 6 nafari örta oğir va 13 nafar bemorning holati örtaça baholanmoqda.

















