Eng ulug‘ va eng aziz bayram – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi arafasida Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Qushbegi va Shayxontohur tumanidagi Ibn Sino mavzelarida 210 xonadonli 4ta to‘qqiz qavatli turar joy binolari foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda kompaniyada faoliyat yurituvchi xodimlarga yangi xonadonlar kalitlari taqdim etildi.

13 avgust kuni Toshkentning Yakkasaroy tumani Qushbegi va Shayxontohur tumanidagi Ibn Sino mavzelarida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan qurilgan ko‘p qavatli zamonaviy uylarning foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi “O‘zbektelekom” AK matbuot xizmati.

Turar joy binolarining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Asror Ishanxodjayev, mahalliy hokimiyat va telekommunikatsiya sohasi vakillari hamda “O‘zbektelekom” AK rahbariyati ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari hamda yoshlar qatnashdi.

– So‘nggi yillarda hayotimizning barcha jabhalarida erishilgan yutuqlar bilan har qancha faxrlansak, har qancha g‘ururlansak arziydi. Birgina 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga nazar soladigan bo‘lsak, o‘tgan yilda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, zamonaviy elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimiga o‘tish jadallashdi. Bu esa Davlatimiz rahbari tomonidan soha xodimlariga bildirilgan yuqori darajadagi ishonchni munosib oqlash lozimligini taqozo etadi. Eng muhimi, Vatan taraqqiyoti, mamlakatdagi o‘zgarishlar-u yangilanishlar samarasi yurtdoshlarimiz turmush farovonligi, xonadonlaridagi qut-baraka, tinchlik-osoyishtalik timsolida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Bugun ham telekommunikatsiya sohasida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarga nazar tashlasak, raqamli iqtisodiyotga o‘tish va undan samarali foydalanish keng miqyosda ommalashib bormoqda. Bu jarayonda inson omili yuqori o‘rinni egallaydi va bunda ijtimoiy qatlamga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarni doimiy rag‘batlantirish va ularni zarur sharoitlarga ega turar joylar bilan ta'minlash dolzarb masalalardan biridir. Bugun ham ushbu turar joy majmuasidagi xonadonlarni o‘z egalariga topshirar ekanmiz, ularning xonadonlariga tinchlik-xotirjamlik, oilaviy totuvlikni tilab qolamiz, – deydi





















