Özbekiston boş prokurori Niğmatilla Yöldoşev 14 avgust kuni prezident topşiriğiga binoan Toşkent viloyati Oqqörğon tumanidagi 5-sonli boğça tarbiyalanuvçilarining kasallanişi bilan boğliq holatni joyiga borib örgandi.

Boş prokurorga mutasaddi idoralarning rahbar xodimlari hamrohlik qildi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aniqlanişiça, şu yil 9 avgust kuni mazkur taşkilot tarbiyalanuvçilaridan 19 nafari turli tibbiyot muassasalariga murojaat qilişgan va ularga “botulizm” kasalligiga gumon taşxisi qöyilgan.

Holat yuzasidan JKning 257-1-moddasi 1-qismi (Sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

“Boş prokuror mazkur viloyat va tuman prokurorlari hamda tergov guruhi a'zolarining tergov jarayoni bilan boğliq hisobotlarini eşitib, ularga tergov harakatlarini har tomonlama töla va xolisona ötkaziş böyiça aniq topşiriq va körsatmalar berdi.

Mazkur jinoyat işining tergov jarayoni boş prokuror tomonidan alohida nazoratga olindi.

Foto: Boş prokuratura matbuot xizmati

Şuningdek, mutaxassislar tomonidan mazkur maktabgaça ta'lim taşkilotining oxirgi 10 kunlik taomnoma böyiça bolalarga tarqatilgan va gumon qilingan oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olinib, Toşkent viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi qoşidagi laboratoriyaga tekşiriş uçun yuborilgan hamda sudga oid oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur tekşiruv jarayonlari muayyan vaqtni talab qilişi va tahlil natijalari böyiça zaharlaniş sabablariga aniqlik kiritilişi inobatga olinib, yana boşqa oqibatlar kelib çiqişining oldini oliş maqsadida tekşiruv xulosalarini olgunga qadar gumon qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatişni vaqtinça töxtatib turiş böyiça tegişli mutasaddilarga körsatmalar berildi.

Bulardan taşqari, boş prokuror tomonidan tuman Tibbiyot birlaşmasida tibbiyot, sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati, maktabgaça ta'limni boşqariş va boşqa mutasaddi idoralar mas'ul xodimlari bilan uşbu hodisaning kelib çiqiş sabablarini aniqlaş va kelgusida bunday noxuş holatlarning oldini oliş çora-tadbirlarini belgilaş böyiça suhbat ötkazildi va tegişli körsatmalar berib ötildi”, – deyiladi xabarda.