Toshkent viloyatidan jami 7 853,3 gektar yer maydoni (shundan 3 250,1 gektari qishloq xo‘jalik yerlari) Toshkent shahriga, Toshkent shahridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi belgilanmoqda.
Jumladan:
- Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan 1 827,1 gektar yer maydoni (“Chorbog‘”, “Belariq”, “Fayzli”, “Jaloyir”, “Nomdanak”, “Qumariq”, “Xonobodtepa”, “Taraqqiyot”, “Qorasuv”, “Xonobod”, “Qushbegi”, “Sohibkor”, “Istiqlol”, “Nurafshon” MFY) Toshkent shahrining Sergeli tumani tarkibiga;
- Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidan 490,0 gektar yer maydoni (“Gulbog‘”, “Yik ota” MFY) Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga;
- Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidan 1 134,2 gektar yer maydoni (“Bektemir”, “Nurafshon”, “Namuna”, “Yangi hayot”, “A.Navoiy” MFY) Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga;
- Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 294,6 gektar yer maydoni (“Geofizika”, “Alisherobod”, “Chingeldi”, “Do‘stlik”, “Taraqqiyot”, “Barkamol”, “Bog‘ishamol”, “Vatanparvar”, “Amir Temur”, “Mevazor”, “Gulbog‘”, “Gulzor-1”, “Pastki yuz” MFY) Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga;
- Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 107,4 gektar yer maydoni (“Jarboshi”, “Tashisti”, “Ibrat”, “Mirishkor”, “Arg‘in”, “Bahor”, “Chinor”, “Tovkentepa” MFY) Toshkent shahrining Yashnobod tumani tarkibiga;
- Toshkent shahrining Sergeli tumanidan 33,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Zangiota tumani tarkibiga;
- Toshkent viloyatining Bektemir tumani tumanidan 137,5 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga o‘tkazilmoqda.
Qaror loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.











