Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bir kishi vafot etdi
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida to‘rtta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda bir kishi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun 17 avgust kuni soat 10:30 larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-46 Samarqand–Kattaqo‘rg‘on avtomobil yo‘lining Past Darg‘om tumani hududidan o‘tuvchi 22-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, «Damas», «VAZ-21011», «VAZ-2106» hamda «Lasetti» avtomobillari o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda «VAZ-21011» mashinasi ichida bo‘lgan bir fuqaro hodisa joyida vafot etgan. 2 nafar fuqaro tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, hozirda Past Darg‘om tumani IIB YHXB tomonidan holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:56 / 30.06.2026
Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
16:44 / 29.06.2026
Andijonda Malibu piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan uch kishini urib ketdi
13:57 / 25.06.2026