“Chiqindixonadan yegulik izlagan kunlarimiz bo‘lgan...” - yetimlikda o‘sgan ayol hikoyasi
Kun.uz “Hayotiy hikoyalar” ruknining qahramonlari – Sohiba va Maksim Jukov Jizzaxning Sharof Rashidov tumanidagi mehribonlik uyida voyaga yetib, turmush qurishgan.
“Men 3 oylik paytimda onam vafot etgan, – deya hikoya qiladi Sohiba. – Undan avvalroq otam ham hayotdan ko‘z yumgan edi. Ota-ona mehri nima ekanligini bilmay o‘sdim. Och qolganimizdan chiqindilar orasidan yeyishga arzigulik narsa qidirardik. Tashlangan sabzilarni tozalab yeyishga majbur bo‘lganmiz kichkinaligimizda”.
Sohibaning aytishicha, onasi vafot etganidan so‘ng keksa buvisi uch nabira-qizini boqa olmay, mehribonlik uyiga topshirishga majbur bo‘lgan.
“Onaning o‘rnini hech kim bosa olmaydi: bolani onadan ajratmasin ekan. Bolalar uyida yashaganimizda turli tadbirlar, bayramlarda sovg‘alar, yangi kiyimlar, o‘yinchoqlar berilardi. Dugonalarim bilan boshimiz osmonga yetardi bundan. Qachondir qizim bo‘lsa, unga beraman deb niyat qilardim.
Onasizlikning alamini farzandlarim tug‘ilganda yanayam sezdim: bola katta qilishda yonimda onamning yo‘qligi sezildi. Ona mehri bilan birga uning nasihatlariga ham zor bo‘ldim.
Farzandlarim uchun jonimni beraman. O‘zim onasiz, mehrga tashna o‘sdim – ular bunaqa kunlarni ko‘rmasin deyman. Onasi bo‘la turib uni qadrlamaganlarni, onasini jyerkiydigan farzandlarni ko‘rsam, nega onalarining qadriga yetishmaydi deb o‘ylayman.
Mehribonlik uylari borligiga shukr qildim – o‘sha yerda shuncha yil yashab voyaga yetdik. Turmush o‘rtog‘im ham shu yerda tarbiyalangan. Davlat bizni tashlab qo‘ymadi: prezident qarori bilan bizga 2018 yilda uy berildi. Endi bizning ham o‘z uyimiz bor”, – deya hikoya qiladi u.
Sohiba va Maksim – bugun ikki farzandning ota-onasi. Ularni to‘kis ulg‘aytirish uchun tinimsiz harakat qilishadi. Ammo baxtga qarshi kenjatoy Robiyaxonda onkologik kasallik aniqlangan. Uning oyog‘ida o‘simta bor.
Tetapoya qilayotgan qizaloq chopqillab yugurgisi keladi. Lekin oyog‘idagi dard bunga imkon bermaydi. Qizaloqni davolash uchun zudlik bilan jarrohlik muolajasi o‘tkazilishi lozim. Ammo bu murakkab muolaja uchun ota-onada imkoniyat yetishmayapti.
Saxovatli yurtdoshlarimizning ko‘magi bilan qizcha sog‘ayib, oilaning baxti to‘kis bo‘lsa ne ajab. Ular haqida batafsil ma'lumotni @kunuzmurojaat manzili orqali olish mumkin.
Sohiba Jukovaning bank kartasi:
8600 0609 1652 0985
Gulmira Toshniyozova tayyorladi
Tasvirchi - Nuriddin Nursaidov.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
22-tuzatish. Trampning uchinchi prezidentlik muddatiga nima to‘sqinlik qiladi?
Jahon | 16:28
-
Senator Kori Buker Trampni uzluksiz 25 soat tanqid qilib, rekord o‘rnatdi
Jahon | 15:06
-
«Hizbulloh» qo‘mondoniga suiqasd, saylovdan mahrum etilgan Le Pen va Harvardni mablag‘dan mosuvo etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 14:28
-
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

17:01 / 28.03.2025
Jizzaxda haydovchi yoqilg‘i baki qopqog‘ini yopmagani uchun zapravka xodimini kaltakladi

18:32 / 30.01.2025
Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi

09:43 / 10.09.2024
Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

16:55 / 14.07.2024