Kvartiralar mustaqillikning 30 yilligi bayrami arafasida öz egalariga topşiriladi. Biz uşbu yangilik sabab bölib, Toşkentdagi 23-sonlik mehribonlik uyida bolalar va mutasaddilar bilan suhbatlaşdik.

Har bir bolaning tarixi bor

Har bir bolaning öz tarixi, qismati, oğriqlari bor, eşitsangiz yiğlaysiz, deydi 23-mehribonlik uyi direktori Zebo Karimova.

“Bir bolamiz bor: 9-sinfni bitirdi. Taşqaridan begona odam kelsa, xuddi uni qidirib kelgandek hali ham kimdirini izlaydi. Undan “Sen bu yerga qanday kelib qolgansan”, deb söradim. Bola közi töla yoş bilan, onasi Çorsu bozoriga olib borib sen şu yerda ötirib turasan deb taşlab ketganini aytadi. “Men bir kun kutdim, onam kelişini”, – deydi. Bolaligidagi bu xotiralar qalbida çandiq bölib qolib ketgan. Hali ham bir kun onamni kutgan joyimni eslayman deydi u.

Eşitişimça, "meni heç kim söramadimi, heç kim telefon qilmadimi", deb suriştirib yurarkan...”

“Onam yomon tuş körgandek unutib yuborişni söradi...”

16 yoşli Samir mehribonlik uyiga 6 yoşida kelganini aytadi.

“6 yoşimda dadam onamga bolalarni mehribonlik uyiga topşiramiz deb aytganlar. Onam könmagan. Lekin qançadir vaqt ötgandan keyin akam bilan opamni berişgan. Maktabga çiqiş vaqtim bölganda çiqarişa olmagan, çunki onamning propiskasi bölmagan. Öşandan keyin dadam meni bolalar uyiga topşirgan. Keyin 24-mehribonlik uyiga ötkazişgan, bu yer yopilgaç, 21-mehribonlik uyiga köçirişgan.

Öqişni xohlamaganman, hayotga qiziqişim söngan. Onamni soğinganman, onam onalik huquqidan mahrum qilingani uçun meni körişga kelganida kirişga ruxsat bermaganlar. Maktabga borganimda opam bilan uçraşganman. Opamdan onamning telefon raqamini olganman.

Keyin meni Sanatoriyaga yotqizişdi, u yerga onam har kuni kelib turdilar. Onamning har kuni kelayotganini bilişgaç, meni u yerdan olib çiqib ketişdi. Şundan keyin onamni boşqa körmadim.

Maktabda umuman yaxşi öqimaganman, çunki yaşaşga ham holim qolmagan.