SSVning ma'lum qilişiça, bunga qadar özbek-rus va özbek-hind qöşma jarrohlari 8ta ortotopik jigar transplantatsiyasini ötkazgan bölib, bu galgi operatsiya mamlakat tibbiyoti tarixiga özbek mutaxassislari tomonidan mustaqil amalga oşirilgan ilk jigar transplantatsiyasi sifatida kirdi.

10 soatdan ortiq vaqt davom etgan operatsiyada Buxoro viloyatining Romitan tumanidan kelgan jigar sirrozi bilan xastalangan bemor — 38 yoşli Azima Roziqovaga 42 yoşli akasi Bekmurod Roziqovning jigaridan bir bölak köçirib ötkazilgan. Hozirda bemorlarning ahvoli yaxşi, donor palataga olingan.

«Singlim köp yillardan beri şu dard bilan oğrib, vaqti-vaqti bilan muolaja qilib yurardi. Dastlab tumanimizda, söng Buxoro şahrida köp marta davolandi, lekin foydasi bölmadi. Şundan söng imtiyozli order olib, uşbu şifoxonaga keldik. Hozir özimni ança yaxşi his qilyapman. Ayniqsa, singlimning ahvoli yaxşi ekanidan, oğir darddan xalos bölganidan juda ham xursandman.
Şifokorlar menga ikki kundan söng javob berişarkan. Ularning aytişiça, jigarim 2 haftada özini tiklab olar ekan. Operatsiyada iştirok etgan barça şifokor va hamşiralarga öz minnatdorligimni bildiraman», deydi donor Bekmurod Roziqov.

«Bu kasallik menda 6 yil avval boşlangan edi. Ayniqsa şu yil ahvolim juda oğirlaşdi, tanam şişib ketdi. Toşkentga kelib, tibbiy tekşiruvlardan ötganimdan söng şifokorlar bu kasallikni davolaşning birdan bir yöli transplantatsiya ekanini aytişdi.
Operatsiyadan çiqqanimga 4 kun böldi. Hozir ança yaxşiman. Keça bir-ikki qadam yurdim, bugun ham karavotim atrofini aylanmoqçiman», deydi Azima Roziqova.
Operatsiyaga boşçilik qilgan jarroh, professor Mirşavkat Akbarovning ma'lumot berişiça, Özbekistonda bugungi kunda jigar sirrozi bilan oğriydigan bemorlar soni har ming kişiga 5-6 nafarni taşkil etadi.
















