BBC News’ning xabar berişiça, jamğarma iqtisodiy inqirozga qarşi global kuraş doirasida 23 avgustda Afğonistonga 370 mln dollardan köproq mablağ ötkazib berişi kerak edi. Biroq toliblar hokimiyatni egallagaç, Afğonistonning xalqaro yordam olişi çeklandi.

XVJ matbuot kotibining ta'kidlaşiça, bu xalqaro hamjamiyatda Afğonistonda toliblar hukumatining tan olinişi borasida oydinlik yöqligi sababli yuz bergan. “Har doimgidek XVJ xalqaro hamjamiyat fikriga köra iş tutadi”, deb aytgan jamğarma vakili.

Uşbu çora AQŞ prezidenti Jo Bayden ma'muriyati AQŞ markaziy bankining Afğonistonga tegişli birorta ham aktivi toliblarga berilmasligini ma'lum qilgandan keyin körilgan. Bundan taşqari, AQŞ kongressi a'zolari moliya vaziri Janet Yyellenga yöllagan maktublarida toliblar AQŞdan yordam olmasligiga kafolat berilişini talab qilişgan.

Avvalroq Afğoniston markaziy banki rahbari Vaşington Afğonistonning AQŞ Federal zaxira tizimida saqlanuvçi 7 milliard dollarlik aktivlarini muzlatib qöyganini ma'lum qilgan. Afğoniston prezidentining iqtisodiy masalalar böyiça maslahatçisi Ajmal Ahmadiy ötgan hafta Afğonistonning Da Afghanistan banki umumiy zaxiralari 9 mlrd dollarni taşkil qilganini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlaşiça, xalqaro standartlarga köra, uşbu aktivlarning katta qismi AQŞ ğaznaçilik obligatsiyalarida yoki ofşorlarda oltinda saqlanadi. 

XVJ avval ham boşqa davlatlardagi tuzumlarga qarşi şunday çeklovlar kiritgan.