Bundan uç yil muqaddam oila yetim bolalarni qaramoğiga oliş uçun mutasaddi idoralarga bir neça marta murojaat qilgan. Lekin öşa paytda ayrim sabablarga köra bu iş amalga oşmagan edi.
Oilaning 4 farzandi qatoriga endilikda 6 bola qöşilib xonadonda jami 10 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Oila boşliği Nabijon Valiyev tadbirkorlik bilan şuğullanadi. Turmuş örtoği Ziyodaxon Valiyeva esa Farğona şahridagi 4-umumta'lim maktabida direktor örinbosari lavozimida işlaydi.

“Özimizning ikki öğil va ikki qizimiz bor. Ayolim bilan yana ikki yoki uç nafar bola asrab oliş haqida maslahat qilib yurardik. Farzandlarimizga qöşib mehribonlik uyi bolalaridan tarbiyalaşni niyat qilgandik. Mehribonlik uylaridagi bolalarga vasiylik qiliş Milliy gvardiyaga topşirilganini eşitib, bola asrab oliş uçun Milliy gvardiyaning viloyat boşqarmasiga murojaat qildik. Şundan söng Marğilon şahridagi 1-sonli Mehribonlik uyidan 6 nafar (3 öğil, 3 qiz) çin yetim bolani farzandlikka oldik.
Ikki gektar yerimiz bor va u yerda boğ bunyod etganmiz. Boğdagi olma, öriklar hosilga kirdi. Bolalar ulğaysa, mana şu boğ örnida imoratlar solib, ularni uy-joyli qilamiz deb reja tuzdik”, – deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda oila boşliği Nabijon Valiyev.



Oila bekasi Ziyodaxon Valiyevaning ta'kidlaşiça, ta'lim tizimida işlagani uçun iş yuzasidan Mehribonlik uyiga tez-tez borib turgan. U yerdagi bolalarning közlaridagi mungni körib, qurbi yetgunça bir neça bolani asrab olişni maqsad qilgan.
Mehribonlik uyidan kelgan bolalar orasida rus millatiga mansublari ham bor. Oila boşliqlari bolalar farzandlari bilan tez til topişib ketganini ta'kidlaydi.

Öğlining oilasida farzandlari soni köpayganini eşitgan Nabijon akaning onasi Karomat opa qişloqdan yetib kelgan. Bolajon Karomat opa özida yöq xursand. Bolalarni yuzidan öpgança bağriga bosadi.















