Ijtiomiy tarmoqlarda Qarşi şahrida joylaşgan ixtisoslaştirilgan kordiologiya markazi oldidan ötgan içimlik suv quvuri yorilib atrofga badböy hid taratayotgani, ana şu iste'molga yaroqsiz suv aholiga tarqatilyotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi mazkur xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinişiça, Qarşi şahar «Otçopar» MFY hududidagi Kardiologiya markaziga kiriş darvozasi oldidagi oqova suv tarmoğining holati örganilgan. Örganiş jarayonida aniqlanişiça, Qarşi şahri «Otçopar» MFY hududida şahar «Suv ta'minoti» bölimining oqova suv (kanalizatsiya) tarmoği bölmaganligi sababli yangidan qurilgan Kardiologiya va Endokrinologiya şifoxonalari uçun oqova suv nasos stansiyasi qurilgan.

Qayd etilişiça, mazkur nasos stansiyaga şifoxona xodimlari xizmat körsatadi. Şifoxona xodimlari oqova suv haydaş nasoslarini ta'mirlaş jarayonida kanalizatsiya hovuzidagi suvlarni şifoxona kiriş darvozasi oldidagi böş yer maydoniga çiqarib yuborgan. Oqibatda atrofga badböy hid taralib, noxuş vaziyat yuzaga kelgan.
«Uşbu holatga «Qaşqadaryo suv ta'minoti» MÇJ Qarşi şahar bölimining aloqasi yöq bölib, şifoxona atrofida bölimga qaraşli oqova suv quvurlari mavjud emas», deyiladi munosabatda.

















