2021/22 oliy öquv yili bakalavriat va magistratura talabalari uçun an'anaviy (oflayn) şaklda, 6 sentyabrdan boşlanadi. Bu haqda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi ma'lum qildi.
Eslatib ötamiz, 23 avgust kuni bakalavriatga qabul imtihonlari töliq yakunlandi.
Ayni paytda barça abituriyentlarning imtihonda töplagan ballari mandat.dtm.uz saytida e'lon qilib bölingan. Yakuniy natijalar hozirça e'lon qilinmadi.
Bu yil bakalavriatga 158 mingga yaqin, magistraturaga 13 mingga yaqin talaba qabul qilinadi.
Emlangan talabalarga tölov-kontraktda 10 foizlik çegirma e'lon qilingan.













