“Aytmoqchi emasdimu, biroq aytishga majburman. Vladimir Aleksandrovich, tushunaman – qo‘rqinchli. Tushunaman, siz ko‘ngillilar, harbiylar, haqiqiy vatanparvarlardan Putindan ko‘ra ko‘proq ko‘rqasiz. Bizni ko‘kdorilaringiz bilan to‘xtatishga harakat qilmang. Buning uddasidan chiqa olmaysiz”, deb aytgan Poroshenko o‘z tarafdorlari oldidagi chiqishi vaqtida.
Avvalroq Poroshenko ustidan ko‘kdori quyib yuborilgani ma'lum qilingandi. Politsiya ushbu hujumni sodir etgan, 1999 yilda tug‘ilgan yigitni qo‘lga olgan. Unga nisbatan bezorilik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ta'kidlanishicha, u 5 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.











