12:33 / 25.08.2021
7785

Yoshlar uchun sovrin jamg‘armasi 50 mln so‘m bo‘lgan EduOn ta'lim granti e'lon qilindi

EduOn.uz ta'lim platformasi va MFaktor biznes maktabi yoshlar uchun umumiy qiymati 50 mln so‘m bo‘lgan EduOn ta'lim grantini e'lon qildi.

Grant o‘rinlari soni 100 ta. Unda o‘zbekistonlik barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Konkursning asosiy maqsadi – ilmga chanqoq yoshlarning ta'lim olishini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar orasida biznes, IT, xorijiy tillar hamda shaxsiy rivojlanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish.

Grant sovrindorlari MFaktor biznes maktabida tantanali ravishda maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, I, II va III darajali QR-kodli diplomlar bilan taqdirlanadi. Tanlov ishtirokchilarining barchasiga maxsus sertifikatlar beriladi.

Tanlov 3 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqich imtihoni onlayn tarzda 27 avgust kuni soat 20:00da boshlanadi. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish ham shu vaqtga qadar davom etadi.

Grant dasturining yo‘riqnomasi bilan ushbu havolada tanishish mumkin.

Mavzuga oid
Top