Qurultoyda 2021 yil 24 oktabr kuni bölib ötadigan Özbekiston prezidenti saylovida partiyadan Özbekiston prezidentligiga körsatilgan nomzodni tasdiqlaş, partiyaning ustavi va nazorat-taftiş komissiyasi tarkibiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş hamda Markaziy kengaş a'zolari soni va yangi tarkibini tasdiqlaş masalalari muhokama qilindi.
“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasining ustavida partiyaning Özbekiston prezidentligiga bölib ötadigan saylovlarda iştirok etişi belgilangan. Şunga asosan, 6 avgust kuni bölib ötgan partiya markaziy kengaşining VII plenumida partiyaning Özbekiston prezidenti saylovida iştirok etişi töğrisida qaror qabul qilindi.
Saylov kodeksiga muvofiq, partiyaning Özbekiston prezidenti saylovida iştirok etişiga ijozat oliş uçun Markaziy saylov komissiyasiga belgilangan hujjatlar taqdim etildi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan partiyaga saylovda iştirok etişga ruxsat beriş töğrisida qaror qabul qilinib, röyxatga olinganlik guvohnomasi hamda belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalari topşirildi. Öz muddatlarida prezidentlikka bölajak nomzodni qöllab-quvvatlovçi imzolar töplandi.
Delegatlar partiyaning VII plenumida qurultoyda körib çiqiş uçun tavsiya etilgan «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi markaziy kengaşi raisi, partiyaning Qonunçilik palatasidagi fraksiya rahbari Alişer Qodirovni partiyadan Özbekiston prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqladi.

Qurultoyda prezidentlikka nomzod Alişer Qodirov delegatlarni saylovoldi dasturi bilan taniştirar ekan, saylovda nomzodning boş şiori “Milliy qadriyatlarga tayangan taraqqiyot!” ekanini ma'lum qildi.
Ta'kidlanganidek, saylovoldi dasturning umumiy qoidalari milliy qadriyatlar, madaniy boyliklarni asrab-avaylaş, davlat tilining mavqeyini kötariş, tarixiy an'analarimizni izçil tarğib qiliş asosida Özbekiston xalqining milliy davlatçilik taraqqiyotini ta'minlaş va jamiyatda milliy özlikning yuksalişiga erişişdan iboratdir. Şu bilan birga, nomzod siyosiy sohada milliy an'ana va qadriyatlarimizni e'zozlaydigan, millatparvar va fidoyi, halol va öz burçiga sadoqatli şaxslarni tarbiyalaş tarafdori ekanligini ma'lum qildi.
Sud-huquq sohasida milliy urf-odat va an'analarni, jamiyatda şakllangan qadriyatlarni toptaganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş, iqtisodiy sohada iqtisodiyotni milliy qadriyatlarga tayangan holda modernizatsiya qiliş lozimligi qayd etildi.



















