Pentagon rasmiysi Jon Kirbi qöşimça ma'lumot berdi. U aniq raqamlarni keltirmagan holda Kobuldagi portlaşda afğonistonliklar ham, amerikaliklar ham halok bölganini tasdiqladi.

«Tolibon» uşbu hodisani terakt sifatida baholadi. Harakat rasmiysi Zabihullo Mujohidning ma'lum qilişiça, Kobulda ikki terakt röy bergan, birinçi portlaşda 52 kişi yaralangan, qurbonlar soni hozirça aniq emas.

Ammo internetda tarqalayotgan suratlar va videolar (ularda jasadlar uyulib yotganini köriş mumkin) orqali qurbonlar soni OAVda aytilganidan ança köproq ekanini taxmin qiliş mumkin. Avvalroq bir neça naşrlar 13 kişi halok bölgani haqida yozişgandi.

Ğarb davlatlari rasmiylari «juda köp» kişi jarohatlangani haqida aytmoqda. Al-Jazeera ma'lumotiga köra, kamida 70 kişi jarohat olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Mamlakat soğliqni saqlaş vazirligiga asoslanib tarqatilgan sönggi xabarlarga köra, portlaşlar qurbonlari soni 50 nafarga yaqin, kamida 130 kişi yaralangan.

WSJ ma'lumotiga köra, qurbonlarning tört nafari Amerika harbiylari.

Portlaşlarni IŞID terrorçilari sodir etgan
Kobul aeroportiga kiriş qismida terrorçi xudkuş portlovçi qurilmani işga tuşirgan. Guvohlar ikkinçi terrorçi atrofga tartibsiz ravişda öq soçgani haqida aytişgan.

Wakil Kohsar / AFP/ Scanpix / LETA

Bu vaqtda aeroport devorlari ostida xorijga çiqiş uçun hujjatlar tayyorlagan minglab afğonlar töplanib turgan.

Baron mehmonxonasi atrofida esa portlovçi moddalar örnatilgan yuk maşinasi portlatilgani aytilmoqda.

IŞID uşbu hujumlar uçun javobgarlikni zimmasiga oldi va navbatdagi teraktlar bilan tahdid qildi. «Tolibon» bilan yovlaşib keladigan mazkur taşkilot terrorçilari Afğoniston islom amirligini inkor etib, mamlakatda Xuroson davlati tuzişga çaqirdi.

Teraktlar davom etişi mumkin
Fransiyaning Afğonistondagi elçisi David Martinon odamlardan aeroport atrofidan ketiş va xavfsiz joyga yaşirinişni söramoqda. U katta ehtimol bilan takroriy portlaşlar bölişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.