Taniqli sportçi va murabbiy Elbek Rahimov öldirilgandan söng Qaşqadaryo viloyatida oğir va öta oğir jinoyatlarning oldini oliş maqsadida yakkakuraş sport turlari böyiça işlayotgan murabbiylariga şogirdlarini nazorat qilişda e'tiborli böliş uqtirilmoqda. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Qarşi şahar IIBda «Sport yovuzlikka emas, ezgulikka xizmat qilsin» şiori ostida tadbir bölib ötgan. Unda viloyat IIB, Turizm va sport boşqarmalari, sport tögaraklari rahbarlari, murabbiylar, sportçilar va sport sohasida tadbirkorlik bilan şuğullanayotgan şaxslar iştirok etgan.

Tadbirda viloyat IIB boşliğining 1-örinbosari polkovnik Jasur Atayev sport — soğlik va salomatlik garovi ekani, davlatni dunyoga tanitiş bilan birga ravnaqi va porloq kelajagi uçun ham muhimligini ta'kidlagan.

IIB mutasaddisi yiğilganlarga keyingi paytlarda ayrim sportçilarning özboşimçaligi, manmanligi, öz kuçiga ortiqça baho berayotgani, arzimagan bahona tufayli nizoga borayotgani ayançli holatlarni keltirib çiqarayotganini bildirgan. U ayniqsa kuraş, sambo, jangovar sambo, karate oğir atletika bilan şuğullanib kelayotgan yoşlarning özaro kuç sinaşiş natijasida kelib çiqayotgan kelişmovçiliklar, oğir va öta oğir jinoyatlarni keltirib çiqarayotganini aytgan.

Qayd etilişiça, tadbirda endi har bir ota-ona farzandining murabbiyi bilan uzviy aloqani yölga qöyişi, bolaning öqiş va tögarakdan keyingi vaqti qayerda kimlar bilan ötayotgani nazorat ostiga olişi yuzasidan mutasaddilar oldiga aniq vazifalar qöyilgan.

Şuningdek, Elbek Rahimovning öldirilişi bilan boğliq hodisa, bundan taşqari Qarşidagi kafeda oğir atletika bilan şuğullanadigan yigitning mast bölib janjallaşgani ortidan kelib çiqqan piçoqlaşiş boşqalarga saboq bölişi uqtirilgan. Yoşlar sport bilan şuğullanib töplayotgan kuçini yovuzlikka emas, ezgulikka işlatişi, murabbiylarga öz şogirdlariga e'tiborli bölişlari ta'kidlangan.