Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Jambil oblastidagi öq-dori omborida yuz bergan portlaşlar oqibatida insonlar halok bölişi munosabati bilan 29 avgustni motam kuni deb e'lon qildi.
«Jambil oblastining Bayzak rayonida insonlar ölimiga sabab bölgan fojiali voqea munosabati bilan 29 avgustni umummilliy motam kuni deb e'lon qilaman», — deb yozdi Töqayev Twitter’da.
26 avgust kuni Bayzak rayonida joylaşgan 28349-harbiy qism omborida yonğin kelib çiqişi oqibatida portlaşlar sodir böldi.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, portlaş va yonğin oqibatlarini bartaraf qiliş vaqtida 13 kişi halok bölgan va 98 kişi jarohatlangan. Ularning aksariyati qutqaruvçilar, harbiylar va prokuratura xodimlari bölgan.
Mudofaa vazirligining xabar berişiça, qurbonlar va yaralanganlar orasida tinç aholi vakillari yöq.

















