30 avgust kuni Toşkentda Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya Federativ Respublikasi Federal taşqi işlar vaziri Hayko Maas bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Yusuf Qobuljonov ma'lum qildi.
Uçraşuvda Afğonistondagi bugungi vaziyatga e'tibor qaratildi. Hayko Maas Özbekiston tomoniga Afğonistondan Germaniya va boşqa xorijiy davlatlar fuqarolarining evakuatsiyasini taşkillaştirişda körsatgan yordami uçun minnatdorlik bildirdi. Şuningdek, tomonlar Afğoniston yönalişida yaqin hamkorlikni davom ettirişga tayyorligini ma'lum qildi.
Uçraşuvda ikki mamlakatning xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar doirasidagi hamkorligi yuzasidan ham fikr almaşildi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 19 avgust kuni Afğoniston poytaxti Kobuldan evakuatsiya qilinayotgan çet el fuqarolarini qabul qiliş va evakuatsiya reyslariga xizmat körsatiş uçun Toşkent-3 aeroporti yopilgan edi. 27 avgust kuni Germaniya Kobuldagi afğon fuqarolarini Toşkent orqali evakuatsiya qilişni töxtatdi. Toşkent-3 aeroporti 31 avgustdan öz faoliyatini tiklaşi ma'lum qilindi.
Avvalroq Germaniya federal kansleri Angela Merkel ham öz fuqarolari, nemis tuzilmalarida işlagan mahalliy xodimlar, şuningdek, yordamga muhtoj afğonlarni evakuatsiya qilişda kömaklaşgan Özbekistonga minnatdorçilik bildirgandi.

















