Azim Isroiloviç Ahmadxöjayev prezidentning 31 avgustdagi qarori bilan Energetika vaziri birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Azim Ahmadxöjayev 2019 yildan buyon Jizzax viloyati hokimining örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.

Azim Ahmadxöjayev 1979 yilda tuğilgan, 2002 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2011 yildan Milliy bank boşqaruvi raisi örinbosari, raisning birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan, 2016 yil may oyidan 2017 yil martigaça «Asaka» bankini boşqargan.

2017−2018 yillarda Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisi lavozimida işlagan. 2018 yil fevralidan avgustigaça Özbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri bölgan. Jizzax viloyati hokimiga örinbosar bölib ketişidan oldin Prezident huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyot va blokçeynni rivojlantirişga mas'ul lavozimda işlagan.

Bundan oldinroq Energetika vaziri örinbosari Behzod Normatov «Öztransgaz» AJ boşqaruv raisi lavozimiga tayinlangandi.