Sönggi vaqtlarda Afğonistondagi yangi tuzumdan qoçayotgan afğon qoçqinlarini qöşni davlatlar qabul qilişi kerakligi böyiça BMT va Yevropa rahbarlari doirasida çaqiriqlar köpaymoqda. Xususan, Avstriya kansleri Sebastyan Kurs Özbekiston öz hududida afğon qoçqinlarini qabul qilişi şart degan iborani qöllagan.
Nigoh telegram kanalining yozişiça, 2015 yildagi keng kölamli migratsion inqirozdan qutulgan yevropaliklar qoçqinlarning yangi oqimidan saqlaniş uçun Afğonistonga qöşni davlatlar hisobiga vaziyatdan çiqib ketişga urinmoqda.
Mualliflar rasmiy Toşkent qoçqinlar böyiça heç qanday xalqaro majburiyatlarni öz zimmasiga olmagani hamda 1951 yilda imzolangan BMTning qoçqinlar töğrisidagi konvensiyasiga ham qöşilmaganini bildirgan. Şuningdek, Özbekiston hukumati afğonistonlik qoçqinlarni joylaştiriş böyiça heç qanday rasmiy qaror qabul qilmagani ta'kidlanmoqda.
Ma'lum qilinişiça, qoçqinlarni Özbekiston hududiga joylaştiriş ekstremistlarning kirib kelişi, giyohvand moddalar savdosi kengayişi, transçegaraviy jinoyatlar, sanitariya-epidemiologiya muammolari kabi bir qator ehtimoliy xavflar ham yuzaga kelişiga sabab böladi.
Bundan taşqari, qoçqinlarni joylaştiriş Özbekiston budjeti uçun katta moliyaviy xarajatlarga olib kelişi va bu borada xalqaro yordam va'dalariga işonib bölmasligi bildirilgan.
Kanal mualliflarining yozişiça, 2010 yilda qöşni Qirğizistondan qoçqinlarni qabul qiliş Özbekiston budjetiga 50 million dollarga tuşgan. BMTning qirğizistonlik qoçqinlar uçun ajratgan insonparvarlik yordami esa ular hammasi vataniga qaytganidan keyin kelişni boşlagan.
Şunga qaramay, Özbekiston qöşni Afğonistondagi vaziyatga befarq emasligini, odamlarni evakuatsiya qiliş uçun hamkor davlatlarga öz havo hududi va aeroport infratuzilmasini taqdim etmoqda. Xususan, Özbekiston infratuzilmalari orqali 7 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan.


















