Samarqand viloyati Iştixon tumanida joylaşgan dehqon bozorida yonğin röy bergan. Oqibatda oziq-ovqat rastasining bir qismi yonib ketgan. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yilning 13 iyundan 14 iyunga ötar keçasi soat 00:01larda Iştixon tumani «Qora qöyli» MFY, Alişer Navoiy köçasida joylaşgan «Iştixon dehqon bozori» MÇJ hududida yonğin sodir bölgan.

Oqibatda taxminan 130—135 m² maydonda joylaşgan oziq-ovqat va har xil turdagi qandolat mahsulotlari sotiladigan oçiq savdo rastasi yonib ketgan. Savdo rastasi tom qismiga (tunuka qoplamali bölgani sababli) zarar yetmagan.

Qayd etilişiça, öt öçiriş guruhi hodisa yuz bergan joyga soat 00:08da yetib borib, soat 01:35da yonğin bartaraf etilgan. Savdo rastasining 450 m² maydoni yonğindan saqlab qolingan.

Ta'kidlanişiça, hodisa oqibatida heç kim tan jarohati olmagan. Hozirda yonğinning kelib çiqiş sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

Eslatib ötamiz, Iştixon dehqon bozorida yuz bergan mazkur yonğin birinçisi emas. Bu yerda 2019 yil oktabr oyida ham yonğin sodir bölgandi. Şuningdek, 2020 yil 12 noyabr kuni Oqdaryo tumani markazi – Loyiş şaharçasidagi buyum bozorida 14 ta savdo dökoni yonib ketgandi. Bundan taşqari, joriy  yil 24 may kuni Urgut dehqon bozoriga tutaş 5 ta savdo dökoni yonib ketdi.