Jahon | 15:09 / 02.09.2021
10216
2 daqiqa o‘qiladi

MDH aksilterror bo‘linmalari yuqori darajadagi shaylik rejimiga o‘tdi

MDH aksilterror markazi rahbari Andrey Novikovning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda joylashib olgan xalqaro terrorchi tashkilotlar o‘z siyosiy maqsadlarini qo‘shni davlatlar, jumladan MDH tarkibiga kiruvchi davlatlarda amalga oshirishni rejalashtirayotgani ehtimoli mavjud. 

Foto: RIA Novosti

Afg‘onistondagi terrorchi guruhlar "Tolibon" harakatiga bo‘ysunmagan taqdirda ularning terrorchilik faoliyati boshqa mamlakatlarga ham o‘tishi mumkin, dedi MDH aksilterror markazi rahbari Andrey Novikov.

"Afg‘oniston hududida "Tolibon"dan tashqari boshqa terrorchi guruhlar ham faoliyat ko‘rsatadi. Ular "Tolibon" harakatiga yoki xalqaro tuzilmalar rezolyutsiyalariga bo‘ysunishi aniq emas. Afg‘onistonda joylashib olgan xalqaro terrorchi tashkilotlar o‘z siyosiy maqsadlarini qo‘shni davlatlar, jumladan MDH tarkibiga kiruvchi davlatlarda amalga oshirishni rejalashtirayotgani ehtimoli mavjud. Shu sababli bizni nafaqat Afg‘onistondagi terrorchilik faoliyati, balki uning Hamdo‘stlik mamlakatlari, ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlari hududiga o‘tishi xavfi tashvishlantirmoqda", dedi Novikov.

Uning qayd etishicha, Afg‘onistondagi vaziyat unga qo‘shni davlatlar – Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston uchun muhim ahamiyatga ega.

MDH aksilterror markazining bildirishicha, Afg‘onistonda hokimiyat toliblar qo‘liga o‘tganidan so‘ng MDH aksilterror bo‘linmalari yuqori darajadagi shaylik rejimiga o‘tkazildi.

Mavzuga oid