Alibaba Xitoyda aholi farovonligini oshirish uchun 15,5 mlrd dollar ajratadi

Foto: Getty Images
Bu bilan Alibaba bir necha yillar davomida to‘plagan boyligini davlatga qaytarish majburiyatini olgan raqobatchilari qatoriga qo‘shildi.
Alibaba Group «umumiy farovonlik» hamda kambag‘allar va boylar orasidagi farqni yo‘qotish uchun 100 mlrd yuan (15,5 mlrd dollar) ajratishga va'da berdi. Ushbu mablag‘ni besh yil davomida texnologiyalarga investitsiyalar kiritish va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 10ta loyihaga taqsimlash rejalashtirilgan, deb xabar berdi Bloomberg.
Alibaba vakili ushbu ma'lumotni tasdiqladi, ammo batafsil izoh bermadi. Bu bilan Alibaba bir necha yillar davomida to‘plagan boyligini davlatga qaytarish majburiyatini olgan raqobatchilari qatoriga qo‘shildi.
Qishloq joylarida Alibaba kompaniyasiga raqobatchi bo‘lgan Pinduoduo kompaniyasi fermerlar faoliyatini yaxshilash uchun 1,5 mlrd dollar ajratishga va'da berdi. Avgustda Tencent Holdings ijtimoiy mas'uliyat dasturi uchun 15 mlrd dollar ajratishini ma'lum qilgandi.
Texnologik milliarderlar — Pinduoduo rahbari Kolin Xuang, ByteDance rahbari Chjan Imin, Xiaomi asoschisi Ley Tszyun va boshqalarning o‘zlari ham ijtimoiy maqsadlar uchun yirik miqdorda mablag‘ ajratmoqda.
Alibaba 2025 yilgacha ajratadigan mablag‘ kompaniya hozirgi mablag‘ining 31 foizini tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 13:04
-
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
O‘zbekiston | 13:02
-
Haj va Umra ziyoratiga noqonuniy ravishda yubormoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi
Jamiyat | 12:47
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025