“Qizil” hududni tark etgan Şofirkon: Yoş va şijoatli rahbarlar bilan tuman “yaşil” hudud bölişga intilmoqda
|00:00 / 03.09.202121 7248 min
Buxoro viloyatiga navbatdagi safarimiz Şofirkon tumaniga böldi. Tuman sanoatlaşmagan, asosan qişloq xöjaligi mahsulotlari, paxta, ğalla va uzum yetiştirişga ixtisoslaşgan. Şu sababli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş körsatkiçlari böyiça tuman viloyatdagi boşqa tumanlardan orqada qolgan edi.
Buxoro viloyati tumanlari rahbarlari içidagi eng yoş hokim, 2020 yilning fevral oyida iş boşlagan 37 yoşli Şukurullo Hakimov bizni hokimlik binosi foyesida kutib oldi.
Qayd etiş lozimki, 2019 yil yakunlari böyiça tuman respublikadagi boşqa 33 ta tuman singari iqtisodiy-ijtimoiy rivojlaniş böyiça “qizil” hududga kiritilgan edi. Tumanga Şukurullo Hakimov rahbar etib tayinlangaç, uning oldiga tumanni kötarişdek qiyin vazifa qöyilgan.
Şofirkon tumani hokimi Şukurullo Hakimov
Şukurullo Hakimov tumanda sanoatlaştiriş darajasini kötariş böyiça ötgan davrda nima işlar qilinganini sanab berdi. Çunonçi, hududiy sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 2016–2020 yillarda 32 ta sanoat loyihalari amalga oşirilişi evaziga 2020 yil yakunida 621,4 mlrd sömni (ösiş sur'ati 134,8 foiz) taşkil qilgan.
Tuman hokimi infrastrukturani yaxşilaş uçun bir talay işlar amalga oşirilganini ta'kidlab ötdi. Içki yöllarni yaxşilaş doirasida yöllar ta'mirlandi. Jumladan, 26 km yöl asfaltlaştirilişi nazarda tutilgan holda, 125 km yölga asfalt yotqizilgan. Yana şunça tuproq yöllarda homiylar hisobidan şağal yotqizilgan.
Hokim kabinetida tumanning ulkan xaritasi osiğlik turardi. Buning boisini söradik.
Şukurullo Hakimovning sözlab berişiça, tumandagi suğoriladigan ekin maydonlarining konturlari bittama-bitta şu xaritaga jamlangan. Qaysi hududda fermer qaysi konturga nima ekişi kerakligini hokim adaşmasdan aytib bera oladi. Tumanda bu borada ham işlar ölda-jölda bölgan. Hozir hammasi tartibli, heç kim heç kimni alday olmaydi.
Tuman hokimligi heç qanday panjara bilan öralmagan. Fuqaro qiynalmasdan rahbarlar huzuriga kira oladi. Hokimlik binosidagi kabinetlar barça yangi ta'mirdan söng oynavand qilib yasalgan. Koridor böylab yurar ekansiz, qaysi bölimda kim nima iş qilib turganini bemalol körsa böladi.
Mavzuga oid
Şu kuni tumanda investitsiya dasturiga tuşgan va töliq ta'mirlangan 2 ta maktab va qişloq oilaviy poliklinikasining oçilişi böldi. Biz bayram tadbirlariga yöl olar ekanmiz, yöl yölakay hokimni yana savolga tutdik.
— Özingiz şofirkonlikmisiz?
— Ha şu tumanda tuğilib, öqiganman. Maktabda öqişni bitirib, Toşkentda moliya yönalişida oliy ta'lim olgaç, asosan bank sohasida işladim. Tumanga faqat mehmondek kelib ketgan ekanman, endi eslasam. Bu yerdagi muammolar, xalqni nimalar qiynayotgani, taşvişga solayotganidan bexabar edim.
— Xöş, hokimlik lavozimining bir yilidan söng taassurotlaringiz qanday?
— Bankka murojaat qilib keluvçilarning aksariyati tadbirkorlar bölişadi. Ularning talabi, muammolari ham şunga yaraşa böladi. Hokim xalqning barça qatlamlarining muammolarini hal qiluvçi rahbar bölar ekan. Kambağallikni qisqartiriş, kam ta'minlangan oilalarning turmuş farovonligi darajasini oşiriş. Bankka bunaqa odamlar kelmasdi-da.
— Ayting-çi, «temir daftar», «ayollar daftari», «yoşlar daftari» degan narsalar joriy qilindi. Ularni qöllaşdan maqsad nima?
— Ilgari kam ta'minlangan oilalar murojaati sayyor qabullarda örganilardi. Lekin kam ta'minlangan, nogironligi bor, işsiz yoşlar va ayollar, kambağallarning hammasi ham murojaat qilmasdi. Daftarlarga ana şunday oilalarning har biri kiritilgan. Uyma-uy yurib. Murojaat qiliş-qilmasligidan qat'i nazar. Biz ana şunday oilalarga va fuqarolarga taşkilotlarni biriktiramiz. Ularni kambağallikdan çiqariş, iş bilan ta'minlaş çoralarini köramiz. Masalan, ikkinçi ekin ekiş uçun ğalladan böşagan maydonlardan ajratib beramiz.
— Ikkinçi ekin uçun fermerlarning yeridan ajratib beriş jarayoni qanday keçyapti? Umuman, yoşlar unumli foydalana olişyaptimi bunday imtiyozdan?
— Özim har kuni ertalab tuman dalalarini aylanib çiqaman. 70 foiz yoşlar oilasi bilan, yerga mehr qöyib işlab daromad körmoqda. 30 foizi eplolmasdan taşlab ketmoqda. Ayrim yoşlar köp yillik daraxt ekiş uçun yer söraşadi. Buning iloji yöq. Çunki yer daraxt ekiş uçun ajratilmaydi. Öziga biror mahsulot yetiştiriş uçun yoki çorvasi uçun yem-xaşak yetiştiriş uçungina ajratiladi.
Raqamlarga e'tibor beramiz: Tumanda 539 ta oilaning 1919 nafar kambağal fuqarolari «temir daftar»ga kiritilgan bölib, ularning 434 nafari mehnatga layoqatli işsizlarni taşkil qiladi.
Uşbu fuqarolarning bandligini ta'minlaş maqsadida tuman sektor rahbarlari va mas'ul taşkilotlar bilan birgalikda olib borilgan çora-tadbirlar natijasida 436 ta oiladagi 406 nafar mehnatga layoqatli işsizlarning bandligi ta'minlanib, ulardagi 1560 nafar fuqarolar «temir daftar» dan çiqarildi.
Bugungi kunda «temir daftar»ning yangilangan röyxatida 103 ta oilaning 359 nafar kambağal a'zolari va 27 nafar mehnatga layoqatli işsizlari qoldi.
2021 yil yanvar-mart oylari davomida işçi guruhi tomonidan «ayollar daftariga» kiritilgan 1859 nafar xotin-qizlarning bandligi ta'minlanib, ijtimoiy va moddiy yordamlar körsatildi.
Joriy yil boşidan 3132 nafar yoşlarning xoxiş-istaklarini qöllab-quvvatlagan holda ularning bandligini ta'minlaş böyiça tizimli işlar amalga oşirildi. Hamda «yoşlar daftari»da turgan 3098 nafar yoşlarning doimiy bandligi ta'minlandi.
Şu kuni investitsiya dasturi böyiça tumanda töliq kapital ta'mirdan çiqarilgan 33- va 30-maktablarning oçiliş marosimlari bölib ötdi. Mahalliy aholi va öquvçilar albatta bu xayrli işlardan xursand. Milliy urf-odatlarimizga köra quriliş işlarini sidqidildan bajargan quruvçilarga tönlar yopildi.
Aytişlariça, Şofirkon tumani tarixida bölmagan işlar bölgan: Tumandagi barça 56 ta maktab bu yil töliq ta'mirlanibdi va bolajonlarni bağriga qabul qilişga tayyor.
Şu kuni töliq ta'mirdan çiqarilgan 46-oilaviy poliklinikaning oçiliş marosimi ham ötkazildi. Poliklinika oçiliş marosimida şu yerda istiqomat qiluvçi onaxonlardan biri hokimni quçoqlab minnatdorçilik bildirdi. Ma'lum bölişiça, tuman hokimi homiylarni jalb qilib, haşar yöli bilan nogiron farzandi bilan istiqomat qiladigan onaxonning nuray deb turgan uyini töliq yangidan qurib beribdi.
Tumanda aholi salomatligini yaxşilaş borasida ibratli işlar amalga oşirilmoqda. Tuman tibbiyot birlaşmasining 5 qavatli zamonaviy binosi yangidan barpo etilmoqda. Qayd etilişiça, bunaqasi Buxoro viloyatida hozirça yagona bölar ekan.
Şu kuni butunlay yangi qiyofa kasb etgan Mingçinor mahallasida tuman aholisi uçun mustaqillikning 30 yillik bayrami tantanalari ötkazildi.
Hokim bu mahallaning obodonlaştirilişi haqida ham gapirib berdi. Bir paytlar uzumçilikka ixtisoslaşgan sovxozdan yillar oşa odamlar köçib ketişgan uylar va infrastruktura vayron ahvolga kelib qolgan bölgan. “Obod mahalla” dasturi doirasida töliq ta'mirlangan va obodonlaştirilgan Mingçinor bugun yangiça körinişga ega böldi.
Bu yerdagi maydonda tumandagi barça mahallalar va taşkilotlar özlarining pavilonlarini taşkil qilişdi. Keçqurun ikki mingdan ziyod tomoşabinlar qarşisida taniqli san'atkorlar iştirokida konsert dasturi ötkazildi.
Bir söz bilan aytganda, Şofirkonda yoş rahbarlar mamlakat rahbarining belgilab bergan islohotlarni oğişmay amalga oşirayotganiga guvoh böldik. Muhimi, şofirkonliklar yoş rahbarlarining amalga oşirayotgan işlaridan xursand, qariyalarning qöllari duoda.