Qirğizston mudofaa vaziri Taalaybek Omuraliyev prezident Sadir Japarov farmoniga muvofiq mudofaa vaziri lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda 24.kz portali xabar berdi.
Xabar qilinişiça, mamlakat prezidenti ma'muriyati Omuraliyevning iste'fosi haqidagi xabarni tasdiqlagan.
Omuraliyev 2021 yil fevralda mudofaa vaziri etib tayinlangandi.
TASSning xabariga köra, uning örnini Baktibek Bekbolotov egallagan.
















