17:30 / 09.09.2021
2052

Sirdaryoda emlanganlik to‘g‘risida soxta hujjat tayyorlab berish evaziga pora olgan shifokor ushlandi

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori 4 nafar fuqaroga emlanmasdan turib koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi ma'lumotnoma tayyorlab berish evaziga pora olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda «Sirdaryo MTRK» ma'lum qildi.

Joriy yilning 25 avgust kuni Departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi va DXX tuman bo‘linmalari tomonidan hududda joylashgan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida navbatdagi korrupsiya holatiga chek qo‘yildi.

Tadbir davomida tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori A.A. to‘rt nafar fuqaroga koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanmasdan turib emlanganlik to‘g‘risidagi ma'lumotnomalarni yozib berish hamda emlash.uz axborot tizimi bazasiga kiritib qo‘yish uchun 500 ming so‘m miqdoridagi pullarni pora sifatida olayotgan vaqtida organ xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top