Toşkent davlat stomatologiya instituti sönggi yillarda dunyoning bir qator yetakçi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik örnatib, 120 dan ortiq memorandum imzoladi. Bugungi kunda uşbu hamkorlik doirasida dunyoning turli mamlakatlarida, jumladan, Germaniyaning Technische Universitat Dresden universiteti, Gollandiyaning ASTA university universiteti, Koreyaning Yonsei universitetlarida institut xodimlari doktorlik dissertatsiyalarini olib bormoqda.

Mazkur hamkorliklar doirasida joriy yilda ham Toşkent davlat stomatologiya instituti xodimi, stomatolog olim Rustam Raşidov Koreyaning Yonsei universitetida “Lab va tanglay kemtigi bilan kasallangan bemorlarda irsiy şikastlanişni umumiy ekzon sekvensing usuli va bioinformatika orqali aniqlaş” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Aytiş lozim, bu yönaliş nihoyatda dolzarb va muhim hisoblanadi.
Ma'lumot örnida keltiradigan bölsak, Koreyaning Yonsei universiteti dunyoning eng nufuzli universitetlari reytingi yuztaligida 85 örindan joy olgan bölib, Koreyada ikkinçi örinda turadi. Uşbu oliygoh 1885 yilda taşkil etilgan. Koreyaning Yonsei universiteti qariyb 132 yil davomida jahon tibbiyot olamiga minglab olimlarni yetiştirib beruvçi ilm maskani hisoblanadi.
Hamkasbimiz Rustam Raşidov 2014-2016 yillar davomida Toşkent davlat stomatologiya institutining Ortopedik stomatologiya yönalişida magistraturani tamomlagan.
Şuningdek, Toşkent davlat stomatologiya instituti öz oldiga qöygan maqsadlaridan biri yurt ravnaqiga özining munosib hissasini qöşa oladigan, aql-idrokli, qobiliyatli yoşlarni tayyorlaşdan iborat.
Toşkent davlat stomatologiya instituti axborot xizmati Ⓣ












