Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga qabul e'lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qishga kirish istagini bildirgan joriy yilda umumta'lim maktablarining 9-sinfda o‘qiyotgan o‘quvchilar 2021 yil 5 sentyabrdan 5 oktyabrgacha Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat (shahar) va tuman bo‘limlariga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilar uchun DXXning hududiy bo‘limlarida harbiy-kasbiy tanlash tadbirlari o‘tkaziladi.
Ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishadi.
Test sinovlari tarix hamda ingliz tili fanlaridan o‘tkaziladi.
Ma'lumot uchun, prezident qaroriga muvofiq «Temurbeklar maktabi» bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi.
Mavzuga oid
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
08:18 / 04.06.2026
1,5 gektar yerni «sotish» bahonasida 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
08:20 / 03.06.2026
DXX tezkor tadbiri: Trackerʼdan 8,9 kg gashish topildi
15:25 / 29.05.2026