Bugun har bir yoş qalbida yangi renessans sari dadil odimlab borayotgan yangi Özbekistonga munosib böliş, ularda mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini şakllantiriş vazifasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, yangi jamiyatning navqiron avlodi nafaqat puxta bilimli, yuksak salohiyatli, balki öz taqdirini mamlakat taqdiri bilan çambarças boğlab, ijtimoiy faollikni munosib namoyon eta olişi muhimdir.

Bu borada oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar 24 ming nafarga yaqin talaba-yoşlarni bağriga olgan Farğona davlat universitetida munosib aks-sado bermoqda. Oliygohning yurtimizga har tomonlama yetuk, yuqori salohiyatli, keng dunyoqaraşga ega, ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalab berişga qaratilgan sa'y-harakatlari ezgu samara berayotgani quvonarlidir.

Farğona davlat universitetida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning "Yangi Özbekiston strategiyasi" asarida ilgari surilgan ustuvor vazifalar taqdimotiga bağişlangan "Yangi Özbekiston strategiyasi" - milliy taraqqiyotimiz istiqboli" mavzusidagi tadbir yoşlar örtasida yangi Özbekistonni barpo etiş yölidagi islohotlar mazmun-mohiyatini keng tarğib etiş maqsadiga qaratildi.

Talaba-yoşlar, professor-öqituvçilar, turli taşkilot va muassasalar mas'ullari, viloyat va şahar hokimligi vakillari iştirok etgan tadbirni Farğona davlat universiteti rektori Bahodir Şermuhammadov oçib, Özbekistonning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotganini biliş bugungi yoşlar uçun juda muhimligi, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning "Yangi Özbekiston strategiyasi" asarini har bir yoş öqib, uning mohiyatini teran anglaşi zarur bölgan qimmatli kitob ekanligini ta'kidladi.

- "Yangi Özbekiston strategiyasi" asari mamlakatimizda uçinçi renessans poydevorini barpo etiş borasida amalga oşirilayotgan tub özgarişlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yönalişlari, milliy taraqqiyotimizning istiqbollari haqidagi muhim manbadir. Uşbu kitob xalqimizning uyğoniş davri asoslarini yaratiş bilan boğliq ezgu orzu-intilişlari, ularni amalga oşiriş borasidagi eng muhim vazifalarni atrofliça tahlil etişga xizmat qiladi, - dedi rektor.