Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti bilan uchrashdi
Dushanbe shahriga tashrifning birinchi kungi dasturi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat avvalida davlat rahbari Eron prezidentini yuksak davlat lavozimiga saylangani bilan yana bir bor samimiy qutlab, mas'uliyatli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Joriy yil boshidan o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari izchil o‘sib borayotgani kuzatilmoqda. Qishloq xo‘jaligi, parrandachilik, baliqchilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlarda biznes loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Savdo-iqtisodiy aloqalar sur'atini davom ettirish va yangi “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash maqsadida qo‘shma Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, “yo‘l xarita”si asosida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish istiqbollari hamda ikki mamlakat tranzit salohiyatini samarali ishga solish imkoniyatlari vakolatli idoralar darajasida puxta o‘rganiladi.
Davlat rahbarlari mintaqa kun tartibidagi masalalarni, shu jumladan Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqdilar.
Mavzuga oid
19:36 / 01.04.2026
Tramp Eron sulh so‘raganini aytdi
18:05 / 01.04.2026
WSJ: BAA Ho‘rmuz bo‘g‘ozini kuch bilan ochishga tayyor
17:49 / 01.04.2026
Xitoy va Pokiston Yaqin Sharqdagi urushni tugatish rejasini taklif qildi
08:33 / 01.04.2026