Kaliforniyada öt öçiruvçilar dunyodagi eng baland daraxtlarni bir neça haftadan buyon “Sekvoyya” milliy parkida davom etayotgan yonğindan qutqarişga urinmoqda.

Park ulkan sekvoyya daraxtlari bilan maşhur. Bu yerda dunyodagi eng baland – General Şerman deb ataluvçi sekvoyya daraxti ösadi.

Uning balandligi 85 metr, aylanasi 11,1 metrni taşkil etadi, yoşi esa 2300-2700 yil deb baholanadi.

Öt öçiruvçilar daraxtlarni saqlab qoliş uçun ularni olov ötkazmaydigan alyuminiy plyonkalar bilan örab çiqmoqda.

Örmon yonğinlari ikki ming tup daraxtga tahdid solmoqda. Yonğinlar quruq va issiq ob-havo oqibatida kelib çiqqan.