Qashqadaryoda 31 nafar o‘quvchida koronavirus aniqlanib, maktab karantinga yopildi. Ammo SSV hisobotida ular ko‘rsatilmadi
Qashqadaryoda viloyati Yakkabog‘ tumanida joylashgan maktablardan birida 31 nafar o‘quvchida koronavirus aniqlangan. Maktab 15 sentabr kuni karantinga yopilgan. Bu haqda Tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining rahbari Orif Meyliyev Kun.uz’ga xabar berdi. Ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e'lon qilinadigan kunlik hisobotda ular ko‘rsatilmadi.

Ma'lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Qatag‘on qishlog‘ida joylashgan 5-maktabning 31 nafar o‘quvchisida koronavirus aniqlangan.
Orif Meyliyevning aytishicha, Qatag‘on qishlog‘ida yashovchi oilalardan birining barcha a'zolarida koronavirus aniqlangan. Shu sababli qishloq maktabida mazkur oila farzandlari o‘qiydigan sinf o‘quvchilaridan ham testlar olingan. Tekshirishlar davomida test olingan sinflarning har birida 4-5 nafardan o‘quvchi koronavirus yuqtirgani ma'lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng 5-maktabdagi barcha o‘qituvchi va o‘quvchilardan testlar olingan. Tekshirish davomida jami oltita sinfda 31 nafar o‘quvchida kasallik aniqlangan. O‘qituvchilar avvalroq vaksina olgani uchun ularda koronavirus yuqtirish holati uchramagan.
«Kasallikka chalinish holati yanada ko‘paymasin deb, 15 sentyabrdan ta'lim jarayonlari to‘xtatildi va 29 sentyabrgacha 5-maktab ikki haftalik karantinga yopildi», deydi Orif Meyliyev.
Yakkabog‘dagi 5-maktabda 31 nafar o‘quvchida koronavirus aniqlanishi SSV har kuni e'lon qilib borayotgan kasallikka chalinish haqidagi hiobotning to‘g‘ri olib borilayotganiga biroz shubha tug‘diradi.
Masalan, SSV hisobotida Qashqadaryoda 13 sentyabrda 9 kishi, 14 sentyabrda 10 kishi, 15 sentyabrda 7 kishi, 16 sentyabrda 10 kishi kasallikka chalingani ko‘rsatilgan. 15 sentabr kunida Yakkabog‘da 31 nafar o‘quvchi kasallikka chalingani aniqlangani va o‘sha kundan 5-maktab karantinga yopilganini inobatga olsak, SSV tomonidan 15 yoki 16 sentabr kunlarida berilgan hisobotda Yakkabog‘da kasallikka chalingan o‘quvchilar kiritilmagani oydinlashadi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinish holatlari biroz ko‘paymoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi 13 sentabr holatiga ko‘ra 531 kishida, 14 sentabr holatiga ko‘ra 604 kishida, 15 sentabr holatiga ko‘ra 619 kishida, 16 sentabr holatiga ko‘ra 624 kishida kasallik aniqlanganini ma'lum qildi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yerokomissiya AQShdan import qilinadigan go‘sht, kiyim-kechak va hojatxona qog‘oziga javob bojlari joriy etadi
Jahon | 23:36 / 06.04.2025
-
AQSh yadroviy xavfsizlik boshqarmasining 500 nafar xodimi ishdan bo‘shatiladi
Jahon | 22:26 / 06.04.2025
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Xitoy bilan o‘yinda kambek qildi
Sport | 22:07 / 06.04.2025
-
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Mavzuga oid

11:38 / 25.09.2024
Qashqadaryoda ov miltig‘i otilishi oqibatida ayol kishi halok bo‘ldi

18:29 / 29.05.2023
Qashqadaryoda mahalliy bloger qamaldi. U SChR bo‘yicha yig‘ilishni yoritmoqchi bo‘lgani aytilmoqda

13:09 / 02.04.2023
Minjirdagi qotillik: otasini o‘ldirib, jazodan qutulib qolgan o‘g‘il haqida hikoya

14:01 / 11.01.2023