Bu kabi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda bot-bot közga taşlanayotgan izohlardan köçirmalar xolos. Uşbu holatlarni biror yösinda isbotlaydigan dalil Kun.uz ixtiyorida mavjud emas. Quyidagi maqolada Özbekiston avtosanoati nima uçun xaridorlarga buyurtmalarini öz vaqtida yetkazib bera olmayotganiga doir ma'lumotlar keltiriladi.

Davlat statistika qömitasi tomonidan e'lon qilingan rasmiy ma'lumotlarga qaraladigan bölsa, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Avtomobil işlab çiqariş sanoati tomonidan 36317 dona Cobalt (2020 yilning mos davriga nisbatan 80,9 foiz), 14442 dona Nexia (34,7 foiz), 26266 dona Gentra (86,5), 33862 dona Damas (109,6), 6485 dona Spark (39,6) hamda 7542 dona Labo (166,8) avtomobillari işlab çiqarilgan. Raqamlardan körinib turibdiki, xarid quvvati örta va quyiroq qatlam orasida eng talabgir bölgan avtomobillar işlab çiqarilişi sezilarli pasaygan. Faqatgina butlovçi qismlarining aksari mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan yetkazib beriladigan Damas va Labo avtomobillarini yetkazib berişda keskin ösiş mavjud.

Davlat statistika qömitasi

Kun.uz “Özavtosanoat” AJ bilan boğlanib, bir neça savollarga oydinlik kiritişni söradi.

  • Jumladan, 2021 yil avgust-sentyabr holatida haftasiga xaridorlarga örtaça qança Cobalt, Nexia, Gentra va Spark rusumli yengil maşina yetkazib berilgan?
  •  Boşqaruv mikroçipi örnatilmagan, biroq işlab çiqariş konveyeridan çiqqan avtomobillar soni neçtani taşkil etadi?
  •  Bugungi kunda işlab çiqarilgan avtomobillarni mikroçiplar bilan ta'minlaş holati qanday?
  •  Ularni yetkazib beriş qay yösinda ta'minlanmoqda va bu işlab çiqariş jarayoniga qanday ta'sir körsatdi?
  •  Rasmiy avtodilerlarda “şapka” evaziga avtomobilni navbatsiz yetkazib beriş holatlari haqidagi xabarlarni qanday izohlaysiz?

“Özavtosanoat” AJ Axborot xizmati uşbu savollarga tez orada javob berişini ma'lum qildi.

Hozirça, UzAuto Motors kompaniyasiga yarimötkazgiçli butlovçi qismlarni yetkazib beriş zanjiri haqida ma'lumotni tahlil qilsak.

Özavtosanoat Axborot xizmati

Unda qayd etilişiça, dunyo böylab 6ta yirik yarimötkazgiç işlab çiqaruvçi mavjud. Tarkibida yarimötkazgiçli butlovçi qismlar avtomobillarning spidometr, elektron boşqaruv tizimi, elektrkuçaytirgiç, ğildiraklarni boşqariş, podveskalarni boşqariş, tormozni boşqariş, dvigatel hamda uzatgiç (transmissiya)ni boşqariş, xavfsizlik yostiqçalarini boşqariş tizimlari, navigatsiya, magnitola, tomoyna, immobilayzer va hokazolarda qöllaniladi. Har bir avtomobil yarimötkazgiç mavjud bölgan 100 ~ 300 xil butlovçi qismlardan taşkil topadi.