Ma'lum bölişiça, aksiya doirasida adliya tizimi xodimlari tomonidan köngilli ravişda 250 litrdan oşiq donorlik qoni topşirilgan.
Gematologiya va qon quyiş ilmiy-tadqiqot institutining ma'lumot berişiça, pandemiya davrida donorlar soni keskin kamaygan va oğir bemorlarning donorlik qoniga bölgan talabi sezilarli darajada oşgan.
Statistik ma'lumotlarga köra, Özbekison Respublikasida 2020 yil davomida köçma donorlik punktlariga 15 mingdan ziyod köngilli fuqarolar qon topşirgan va minglab bemorlarning hayoti saqlab qolingan.
“Uşbu aksiyadan közlangan asosiy maqsad donorlikni rivojlantiriş va rağbatlantirişdir.
Ötkazilgan mazkur beğaraz donorlik aksiyasi turli kasalliklar yoki baxsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj bölgan insonlar, xususan, bemor bolajonlarning soğayib ketişlariga muayyan darajada yordam beradi.
Adliya vazirligi xayrli işda çetda turmay donorlik qilgan adliya organlari va muassasalari xodimlariga öz minnatdorligini bildiradi” – deyiladi xabarda.

















