Jamiyat | 17:53 / 18.09.2021
7150
4 daqiqa o‘qiladi

Olima ayollarning nufuzli ilmiy jurnallarda maqola yozish ko‘nikmalarini oshirish uchun yana bir imkoniyat

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va ERGO Analytics tadqiqot kompaniyasi, Coca Cola Uzbekistan kompaniyasining bosh homiyligi ostida, ayol olimlar uchun Scopus va Web of Science xalqaro taqriz qilinuvchi jurnallariga ingliz tilida ilmiy maqolalar yozish ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha HIVE (Highly Innovative Virtual Education) bepul treninglarini yo‘lga qo‘ydi.

Ushbu tashabbus BMTTDning “Xotin-qizlarning davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan, ilm-fanda gender tengligiga erishishga qaratilgan ta'limiy loyihaning davomi sanaladi. Zero, YuNeSKO ma'ruzasiga ko‘ra, dunyoda olimlarning 33 foizigina ayollar sanaladi.

Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov “HIVE kabi tashabbuslarni joriy qilish ilm-fandagi ayollar salohiyatini oshirish imkonini beradi, shuningdek global innovatsion reytinglarda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini ilgarilatishga xizmat qiladi”, – deb ta'kidladi.

HIVE loyihasi doirasida birinchi vebinarlarni Konnektikut universiteti, Moskva Oliy iqtisodiyot maktabi va Prinston universiteti olimlari ochadilar. HIVE loyihasining 2021 yildagi birinchi natijalari ishtirokchilarning o‘z ilmiy maqolalarini North American Journal of Psychology, Energies, International Sociology, International journal of energy economics and policy, Tourism Review International va boshqa bir qator xorijiy ilmiy jurnallarda chop etishlari bo‘ldi. HIVE loyihasining qator ishtirokchilari Yevropa mamlakatlarida xalqaro ilmiy konferensiyalarda qatnashishga takliflar oldilar.

Loyiha rahbari Raufxon Salaxo‘jayev – Scopus va Web of Science bazasidagi eng yetakchi jurnallarda chop etilgan 40 dan ziyod maqolalar muallifi, TDIU va AKFA universiteti professori. Elsevier (Niderlandiya) kompaniyasidan “Ko‘p iqtibos olinuvchi olim” mukofotining ko‘p bora sovrindori va ilm-fanga qo‘shgan hissasi uchun “Shuhrat” medali sohibidir.

TDIU rektori, professor Qo‘ng‘irotboy Sharipov HIVE kabi tashabbuslarning ahamiyatini yuqori baholadi, zero OTM o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqotlarni ilgarilatish ko‘nikmalarini oshirish ta'lim tizimining akademik salohiyatini sezilarli kuchaytirish va OTMlarning xalqaro reytinglardagi mavqeyini oshirish imkonini beradi.

Xotin-qizlarni, ularning professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash Coca-Cola’ning butun dunyodagi ijtimoiy dasturlarining asosiy ustuvorliklari qatorida bo‘lib kelgan, — deya qayd etdi O‘zbekistondagi The Coca-Cola Company jamoatchilik bilan ishlash va kommunikatsiyalar menejyeri Nozi Orifjonova. – Xotin-qizlar, ayniqsa ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ayollar rivojiga hissa qo‘shish – bu mahalliy hamjamiyatlar rivojlanishiga ko‘maklashishning eng barqaror yondashuvidir. Biz ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlaganimizning sababi – ilm-fanni rivojlantirish uzoq muddatli global trend bo‘lib, HIVE, ayollarni qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, O‘zbekistonning xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyasiga ham xizmat qiladi.

Loyiha ishtirokchilaridan biri, TDIU katta o‘qituvchisi Feruza Asqarova shunday deydi: «Ushbu tashabbusda ishtirok etish menga ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishdagi o‘z ko‘nikmalarimni mustahkamlash imkonini berdi. Natijada men o‘z ilmiy maqolamni qayta ko‘rib chiqib, xalqaro konferensiyada qatnashish uchun yubora oldim».

HIVE dasturida qatnashish uchun loyiha saytida o‘z arizangizni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz kerak bo‘ladi: http://hive.courses/.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid