Saylovda davomat 51,68 foizni taşkil etdi. Ovoz beriş uç kun – 17-19 sentabr kunlari davom etdi. VVS saylovlar natijasini tahlil qildi.

«Yedinaya Rossiya» yana eng köp ovoz oldi

Amaldagi hukmron partiya bölgan «Yedinaya Rossiya» 49 foiz ovoz oldi. Bu esa partiyaga dumada 120 örin taqdim etadi. Partiya nomzodlari 198ta bir mandatli okrugda ğalaba qozongan. Hukmron partiya oldingi yildagiga qaraganda pastroq natija qayd etgan bölsa-da, bu konstitutsion ustunlikni qölga kiritiş uçun yetarli böldi.

Saylov natijalariga köra, Rossiya kommunistik partiyasi 18,9 foiz ovoz bilan ikkinçi örinni egalladi. Kommunistlar 2016 yilgi saylovlarga qaraganda öz natijasini 5 foizga yaxşilagan.

Partiya yetakçisi Gennadiy Zyuganov öz partiyasidagi ösişni şunday izohladi: «Saylovçi bizga işondi, saylovçi bizni eşitdi va bizga ovoz berdi».

Rossiya markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilovaning aytişiça, kommunistik partiya vakillari joylarda öz e'tirozlari bilan köp marta qoida buzgan va saylov komissiyasi işçilariga noqulaylik tuğdirgan. Zyuganovning partiyasi bir mandatli töqqizta okrugda qozonilgan ğalaba evaziga dumada 30ta örin oladigan böldi.

Dumada «Yangi odamlar»

Yöq, Rossiya qonunçilik tizimida yangi insonlar paydo bölgani yöq, şunçaki «Yangi odamlar» degan partiya paydo böldi. Bu partiya saylovlarda 7,09 foiz ovoz oldi va hatto Jirinovskiy yetakçiligidagi liberallarni ortda qoldirdi. Şu tariqa, 15 yil içida ilk bor dumada törttadan köp partiya böladi.

Muxolif naşrlar «Yangi odamlar»ni prezident administratsiyasi loyihasi deb atagan. Uning asosçisi öz navbatida Faberlic kompaniyasining asosçisi bölgan Aleksey Neçayev hisoblanadi. Neçayev joriy saylovlarda partiya yetakçisi, Yoqutiya sobiq meri Sardana Avksenteva bölgan. Uning aytişiça, partiyaning yutuği «yangiça siyosat» yuritayotganida.

Neçayev partiya dumada 13-14 öringa ega bölişini taxmin qilmoqda. Saylovlarda qatnaşgan yana bir partiya «Yaşil alternativa» esa yetarli foizlarni töplay olmagan.

Sergey Savostyanov / TASS / Scanpix / LETA