«Vedomosti»ning yozişiça, navbatdagi mintaqaviy saylovlar va 2024 yilgi prezidentlik saylovlari oldidan «Yedinaya Rossiya» ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini tahlil qilib, öz tarafdorlari bazasini tozalamoqda.

Rossiya Federatsiyasida hokimiyat tepasida bölgan «Yedinaya Rossiya» partiyasi 2023 yilgi bir qator mintaqaviy saylovlar va 2024 yilgi prezidentlik saylovlari oldidan Ukrainadagi uruşga qarşi bölgan fuqarolarni öz tarafdorlari bazasidan çiqarib taşlayapti. Ma’lumotlar bazasida röyxatga olingan sodiq fuqarolar sun’iy intellekt va maxsus algoritmlar yordamida «Odnoklassniki» va «VKontakte» ijtimoiy tarmoqlaridagi faolligiga qarab baholanadi, deb xabar berdi «Vedomosti» gazetasi 9 yanvar, duşanba kuni partiyadagi ikki manbaga tayanib.

«Sun’iy intellekt ijtimoiy tarmoqlardagi partiya tarafdorlarini aniqlaydi, ularga ma’lum ball qöyiladi - layk köriş, ma’lum guruhlarda böliş va boşqa faollik uçun. Şundan söng bu odamlar bizning tarafdorlar bazamizda bor-yöqligi tekşiriladi», - dedi naşr suhbatdoşlaridan biri. Uning sözlariga köra, natijada qöllab-quvvatlovçilarning aksariyati röyxatdan öçirilgan va 25 million kişidan bor-yöği 9 millioni qolgan, ammo hozir ular yangi odamlar bilan töldirildi, ayni paytda ma’lumotlar bazasida 13 million kişi bor. 

Bu ma’lumotlarga köra, tekşiriş asosan hududlarda ötkazilgan. Ulardan ba’zilarida «Yedinaya Rossiya» tarafdorlarining bazalari butunlay qayta şakllantirilmoqda, ular saylovlarda «Yedinaya Rossiya»ning yomon natijalari qayd etilgan yoki hokimiyatdagi muxolif partiyalar vakillari bölgan mintaqalardir.

Xususan, Sibir şaharlaridan birida unda bölgan barça odamlar bazadan çiqarilib, u qayta taşkil qilina boşlangan. «Buning uçun şahar aholisining 670 ming akkaunti tahlil qilindi, «siyosiy ahamiyatga ega harakatlar» - layk va repostlar aniqlandi - ular 3000 dan ortiq ekani qayd etildi. Ular böyiça ma’lumotlar boşlanğiç bölim kotiblari, uylar böyiça mas’ullarga jönatildi, ular yuzma-yuz suhbatga çaqirila boşlandi», - deydi suhbatdoşlardan biri. Natijada, unga köra, 26 ming yangi tarafdor aniqlangan.