Şved rassomi Nils-Petter Ekvall (Nils-Petter Ekwall)ning bayonot berişiça, Rossiyaning «Yedinaya Rossiya» siyosiy partiyasi özining saylovoldi taşviqotida uning kartinalaridan ruxsatsiz foydalanmoqda. Rassom bu haqda butun dunyo dizaynerlari va rassomlarini birlaştiruvçi Behance saytida söz yuritgan.
Nilsning sözlariga köra, u mahalliy SVT1 telekanalidagi körsatuvda bundan xabar topgan. Telekanal jurnalistlarining aniqlaşiça, «Yedinaya Rossiya» özining saylovoldi taşviqotida şved rassomining 2013 yili Financial Times naşriga işlagan illyustratsiyasidan foydalanmoqda.
Partiya vakillari ham Nijniy Novgoroddagi materiallarida kartinadan foydalanayotganlarini tasdiqlaşgan bölsa-da, Nils illyustratsiyasi bilan çop etilgan poligrafik mahsulot kam sonda çop etilgan.
Şu bilan birga partiya vakili Roman Zorinning telekanalga ma'lum qilişiça, «Yedinaya Rossiya» mualliflarning ruxsatisiz ularning illyustratsiyasidan foydalanmaydi va rassom bilan tovon puli yoki uzr söraş borasida boğlanişga tayyor.
Rassomning özi, pul unçalik ham muhim emasligini aytib, «Rossiyadek yirik davlat uning işini şunday foydalanişidan alamzada ekan»ini bildirgan.
Bundan taşqari, Nils «Yedinaya Rossiya» yana şunday faoliyatini davom ettirsa, unga ma'lum qilişlarini iltimos qilgan.

















