2000-yillar boşida şahar çetidagi, yantoqzor va öydim-çuqur taşlandiq joyni obod qilib, avtoşohbekat qurib faoliyat körsatib kelayotgan tadbirkorning boşqalarga berib yuborilgan öz yerini qaytarib olişiga prokuratura astoydil qarşilik körsatmoqda. Murojaatçiga köra, prokuratura organlari davlat manfaatlarini emas, xususiy firma manfaatlarini himoya qilmoqda.

Sudma-sud qatnab çarçagan, «Asilbek Sayyora» savdo işlab çiqariş korxonasiga rahbarlik qilib kelayotgan Ismoil Panjiyev şunday hikoya qiladi:

«Şu hududni öşa vaqtdagi şahar hokimi 2000 yilda istamasam ham, majburlab menga bergan edi. Taşlandiq, öydim-çuqur joylar edi. 6 metrlik kotlovan bor edi. Kamaz-kamaz tuproq va şağal bilan töldirib, tekislab maydon qildim, avtoşohbekat barpo etdim.

Yonimizdagi Yerqörğon dehqon bozori ham keyinçalik, 2001 yilda qurildi. Şu bozorning oyoqqa turişida ham özim boş-qoş bölganman. Odamlarni çaqirganman. Bozordan 20 million sömlik aksiyalarim ham bor.

Bugungi kunga kelib bu hudud yiriklaşdi, rivojlandi, serdaromad joylarga aylandi. Endi men bir paytlar epaqaga keltirgan, keyinçalik obod qilgan, odamlarni iş bilan ta'minlab turgan joyimga köz olaytirib, tortib olişga urinişmoqda».

Tilla bahosiga tenglaşgan yer

Ismoil aka qanaqa muammoga duç kelganini lönda qilib, bu işlar ortida kimlar turgani va qanday manfaatlar yotganini tuşuntirişga harakat qilamiz.

Aslida ham, mömay daromad keltirişi mumkin bölgan hududdagi 1 gektardan ziyod yer maydoni ançadan buyon Qarşi şahri hokimligi mulozimlarining tuşlariga kirib, oromini öğirlab kelmoqda.

Töğri-da, sotixi bugungi kunga kelib tilla narxida bölgan 1 gektar yer maydoniga «yuqori»da taniş-bilişi va odil suddan boşqa ilinji yöq allaqanday Ismoil Panjiyevdek kiçik tadbirkorning bir özi egalik qilişi adolatdanmi? Albatta, bu hol bilan aslo kelişib bölmaydi! Şu sababli 2003 yildan beri bu yerni undan tortib olişga urinmagan Qarşi şahar hokimining özi yöq.