Xalqaro e'tirof ortib borayotgani sababli TDYuU 2020 yildan boshlab xorijiy hamkorlar bilan ikki diplomli bakalavr dasturlarini amalga oshirmoqda.

Qo‘shma ta'lim (ikki diplomli) dasturlari nima?

Qo‘shma ta'lim (ikki diplomli) dasturi – bu:

  • bir vaqtning o‘zida TDYuU va xorijiy OTMda dunyo darajasidagi bilim olish imkonini beruvchi ta'lim olish dasturi;
  • bitiruvchilar uchun O‘zbekistonda va xorijda yurist bo‘lib ishlash huquqini beruvchi ikkita diplom

TDYuU qo‘shma ta'lim (ikki diplomli) dasturlarini Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 iyundagi 421-son qarori asosida amalga oshiradi. Ikki diplomli dasturlarini tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan.

TDYuU qaysi xorijiy OTMlar bilan ikki diplomli dasturlarni amalga oshiradi?

TDYuU chet ellik sheriklarni tanlashga ehtiyotkorlik bilan yondashadi va MDHning uchta yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan ikki bosqichli dasturlarni amalga oshiradi.

1. M.S.Narikbayev nomidagi KAZGYu universiteti (Qozog‘iston, Nur-Sulton sh.);

Universitet FIIBA xalqaro agentligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, bu TDYuU bilan ham ikki diplomli dasturni qamrab oladi. Qolaversa, bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha KazGYu o‘z mamlakatida birinchi o‘rinda turadi. Ish beruvchilarning ishonchi — Qozog‘istondagi 80 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari yuristlar tayyorlagan paytda, yuqori raqobat sharoitida ta'lim sifatining eng yaxshi ko‘rsatkichidir.

2. Y.Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus, Grodno sh.);

QS EECA Ranking reytingiga ko‘ra, universitet Evropa va Markaziy Osiyoning TOP-200 universitetlari ro‘yxatiga kiritilgan.

N.I. Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod Milliy tadqiqot davlat universiteti (Rossiya, Nijniy Novgorod sh.).

Universitet QS World University Rankings reytingiga ko‘ra dunyodagi TOP-1000 universitetlar ro‘yxatiga kiritilgan.