Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Boshimizni egib paxta ekdik, lekin daromad qilmadik» – Shavkat Mirziyoyev
Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuv chog‘ida amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tmishda paxta hosili yetishtirish bilan bog‘liq muammolar va bugungi kundagi vaziyat haqida gapirdi.
“Shuncha yil boshimizni egib paxta ekdik, lekin ko‘ngildagidek daromad qilmadik. Biror marta respublika bo‘yicha olingan daromadimiz 1 mlrd dollarga yetmadi. O‘rtacha 800-850 mln dollar bo‘lardi. Hozir bitta Andijon viloyatining o‘zi tekstil mahsulotlaridan 700 mln dollarlik eksport qilyapti. Avval biz paxtaning o‘zini sotgan bo‘lsak, endi hatto chetdan sotib olishga, qayta ishlashga tayyormiz. Xorijiy davlatlar esa kelib bizdan paxta so‘rab turishibdi.
Bugun Xorazm oqsoqollari bilan gaplashdim, 4 oydan ortiq paxta terilishini aytishdi. Hozir hech kim qancha paxta olingani bilan qiziqmaydi. Chunki yetishtiruvchida manfaat bor.
Bu borada, biz avvalo viloyat aholisi va tadbirkorlarini qanday dolzarb muammolar tashvishga solayotganini, ularni hal etish uchun mavjud rezerv va imkoniyatlarni chuqur o‘rgandik.
Bugungi kunda Xorazmdagi eng katta muammolardan biri – 80 mingdan ziyod aholi bandligini ta'minlashimiz kerak. Shuningdek, mehnat bozoriga har yili 30 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda. Ayniqsa, bu masala Qo‘shko‘pir, Yangiariq, Yangibozor tumanlarida o‘ta dolzarb”, – dedi davlat rahbari yig‘ilganlarga qarata.
Mavzuga oid
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
08:07 / 15.04.2026
Dunyoda eng ko‘p paxta yetishtiruvchi davlatlar reytingi e’lon qilindi
12:15 / 14.03.2026
2026 yilda paxtani mashinada terish ulushi 70 foizga yetkaziladi
20:58 / 21.02.2026