Qoraqalpog‘istonda yana kasallanish holatlari qayd etila boshlandi, Toshkent shahrida kasallanish holatlari yuqoriligicha qolmoqda.
«2021 yil 21 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 169989 (+522) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 59 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 6 nafari Andijon viloyatida,
- 5 nafari Buxoro viloyatida,
- 10 nafari Jizzax viloyatida,
- 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 5 nafari Navoiy viloyatida,
- 6 nafari Namangan viloyatida,
- 47 nafari Samarqand viloyatida,
- 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 11 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 22 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 8 nafari Xorazm viloyatida,
- 112 nafari Toshkent viloyatida,
- 212 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
- 20 sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida so‘nggi oylarda ilk marta birorta kasallanish holati qayd etilmagandi - bungacha 16 sentabr kuni 65ta, 17 sentabr kuni 33ta, 18 sentabr kuni 34ta, 19 sentabr kuni esa 16ta yangi holat qayd etilgan, 21 sentabr kuni esa kunlik ko‘rsatkich birdaniga 59taga yetdi.
- Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 57 nafar,
- Andijon viloyatida 15 nafar,
- Buxoro viloyatida 5 nafar,
- Jizzax viloyatida 35 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
- Navoiy viloyatida 4 nafar,
- Namangan viloyatida 14 nafar,
- Samarqand viloyatida 63 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 15 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 26 nafar,
- Toshkent viloyatida 123 nafar,
- Toshkent shahrida 325 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 163985 (+687) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
















